x

Agar farzandingiz muddatidan oldin tug`ilsa, sizda ham ijobiy, ham salbiy his-tuyg`ular paydo bo`ladi. Siz salbiy his-tuyg`ularingizni qabul qilish va ularni muhokama qilish orqali engishingiz mumkin. Bu borada yutuqlarga erishish va ba'zan engilish odatiy hol, lekin siz butun e'tiborni farzandingizning muvaffaqiyatlari va rivojlanishiga qarating. O`zingizni jismoniy va hissiy jihatdan parvarish qilsangiz, chaqalog`ingizga yaxshiroq g`amxo`rlik qilish imkoniga ega bo`lasiz.

Muddatidan oldingi tug`uruqdan keyingi his-tuyg`ularingiz: nimani kutish kerak?

Muddatidan oldingi tug`uruqlar dunyoga ishonchingizni susaytirishi mumkin. Ijobiy va ba'zan salbiy tuyg`ularni his qilish odatiy holdir. Bunda chalkash va ba'zan ziddiyatli his-tuyg`ularni boshdan kechirasiz.

Albatta, ijobiy, masalan, yangi tug`ilgan chaqaloqqa sababli quvonch va sevgi kabi his-tuyg`ular ham bor.

Lekin muddatidan oldingi tug`uruqqa nima sabab bo`lgani haqida o`ylashingiz tabiiydir. Tug`uruq bilan bog`liq kechinmalar sababli o`zingizni ojiz, g`amgin, aybdor, bezovta yoki ezilgan his qilishingiz mumkin. Farzandingizni jonlantirish bo`limida ko`rgach, g`am-tashvishga tushishingiz, har xil xayollarga borishingiz va qo`rqishingiz Ba'zi ota-onalar o`zlariga yoki shifokorlarga nisbatan g`azab hissini tuyishi mumkin. Yoki bunga sabab bo`lgani va muddatidan oldin tug`ilgani uchun farzandlariga nisbatan g`azabni his qilishlari mumkin. Bu esa ular chaqalog`ini qo`lga olishni yoki jonlantirish bo`limiga borishni xohlamasliklarini anglatadi. Bu ham bo`lishi mumkin bo`lgan holat.

Ko`pchilik insonlarga yuz berayotgan barcha hodisalar haqiqiy emasdek tuyuladi. O`zingizni kuchsiz his qilishingiz yoki nazoratni yo`qotgandek sezishingiz mumkin. Ayrim ota-onalar chaqalog`i hali jonlantirish bo`limida ekanida o`z farzandiga haqiqatan ham "egalik qilayotganini" his qilishlari qiyin bo`ladi.

Ko`pgina onalar kasalxonadan chiqish kunini juda og`ir o`tkazadi. Uyga ketadigan kuningiz bola bilan ajralish hissi yana ham kuchli seziladi.

Vaqt o`tishi bilan muammolar kamayadi va ularni engish osonroq bo`ladi. Chaqalog`ingiz o`sib, ahvoli yaxshilanganda uni tez-tez qo`lingizga olasiz, g`amxo`rlik ko`rsatasiz va parvarish qila olasiz. Jonlantirish bo`limi bilan tanishib olganingizdan so`ng o`zingizni yanada qulayroq his qila boshlaysiz. Hamshira va boshqa tibbiy xodimlar farzandingizga g`amxo`rlik qilish bilan bir qatorda sizga ham yordam beradi.

Bularning barchasi o`zingizga bo`lgan ishonchni his qilishingizga, kamroq tashvishlanishga va chaqalog`ingiz bilan aloqa o`rnatishga ko`maklashadi.

Muddatidan oldingi tug`uruqlar haqidagi kechinmalarni engish uchun maslahatlar

Salbiy his-tuyg`ularni engishga va ijobiy tuyg`ularni hosil qilishga yordam beradigan ba'zi maslahatlar.

Tuyg`ular bilan ishlash

His-tuyg`ularingiz qanday bo`lishidan qat'i nazar, ularni qabul qiling. O`z his-tuyg`ularini tan olish - to`g`ri harakat.

• O`zingizni qanday his qilayotganingizni boshqalar bilan muhokama qiling. Bu turmush o`rtog`ingiz, oilangiz a'zosi, ishonchli do`stingiz yoki psixolog bo`lishi mumkin.

Agar juftingizning stressni boshqarishi siznikidan farq qiladigan bo`lsa, uning usulini qabul qiling. Turmush o`rtog`ingiz barcha harakatlarni o`z xohishiga ko`ra bajarishiga yo`l qo`ying va bir-biringiz bilan gaplashganingizda, bir-biringizni tinglaganingizda nimalarni his qilayotganini aniqlang.

O`zingizga g`amxo`rlik qiling

To`g`ri ovqatlaning, jismoniy mashqlar bilan shug`ullaning, iloji boricha ko`proq dam oling va o`zingiz yoqtirgan mashg`ulotlarga vaqt ajrating. Kofe, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar iste'mol qilishdan yiroq bo`ling.

O`zingizni ijobiy his qilishga yordam beradigan odamlar bilan muloqotda bo`ling.

Iloji bo`lsa, keraksiz stressdan saqlaning. Vaqti-vaqti bilan ta'til olish yaxshi, shunda o`zingiz uchun ham vaqt ajratishingiz mumkin.

• Har kuni, hech qursa bir necha daqiqaga bo`lsa ham, dam olishga vaqt ajrating. Masalan, nafas olish mashqlarini bajaring, sevimli musiqangizni tinglang yoki tabiat qo`ynida sayr qiling. Farzandingizning yonida o`tirganingizda ham nafas mashqlarini bajarishingiz, musiqa tinglashingiz va dam olishingiz mumkin.

To Top ↑
To Top ↑