x

Ko`krak so`rg`chining og`rishi va yorilishi keng tarqalgan muammo hisoblanadi, ayniqsa emizishning boshida ko`p kuzatiladi. Ular emizishni qiyinlashtirishi, bezovtalikni keltirib chiqarishi va ba'zida emizishdan bosh tortishga olib kelishi mumkin. Baxtimizga, bu muammoning oldini olish va agar yuzaga kelgan bo`lsa, uni tez va muvaffaqiyatli davolash usullari bor.

Ko`krak so`rg`ichlari og`riqli bo`lishining eng ko`p uchraydigan sababi emizish texnikasining buzilishidir. Bu bola ko`krakka noto`g`ri tutilganda, ya'ni emish vaqtida ko`krakni og`ziga to`liq ololmaganida kelib chiqadi.

Boshqa sabablarga quyidagilar kirishi mumkin:

 sut bezlarining noto`g`ri gigiyenasi: ko`krakni oddiy sovun bilan tez-tez yuvish va spirt tutuvchi vositalar bilan artish uni "quritadi", zaiflashtirib, kichik yoriqlar paydo bo`lishiga olib keladi, ular esa keyinchalik og`riqli yoriqlarga aylanadi;

• ko`krak bezining dag`allashishi;

• infektsiya (masalan, bolaning og`iz bo`shlig`idagi zamburug`li bakteriyalar, qo`pol tarzda sog`ish, bolaning birinchi tishlari bilan zarar etishi);

til yuganchasining kaltaligi;

individual sezuvchanlik.

Alomatlar va belgilar

• Areola yoki so`rg`icnlarda og`riq bo`lishi.

Emizgandan so`ng, ko`krak so`rg`ichi notekis, issiq, qizargan, qiyilgan va qontalashgan bo`lishi.

• Ko`krakning o`zi dag`allashgan va shishgan bo`lishi, sutda qon aralashmalari yuzaga kelishi mumkin.

Yorilishning oldini olish

Agar ko`krakdagi yoriqlarning sabablarini bilsangiz, ularning oldini qanday olish mumkinligini ham bilasiz. Ko`krak bilan emizish og`riqli bo`lmasligi kerak; bolaning og`zidan so`rg`ichni chiqarganingizda u yassi va shakli o`zgargan bo`lmasligi lozim.

Bolaning ko`krakka qanday tutilganini tekshiring, agar zarur bo`lsa, uning holatini to`g`rilang.

Qo`lingizni muntazam yuving.

Agar zamburug`li infektsiya rivojlansa, uni davolash kerak.

• Emizish uchun mo`ljallangan moslamalardan foydalanishdan saqlaning, chunki ular infektsiyani keltirib chiqaradi.

• Emizishdan so`ng ko`krak so`rg`ichini iliq suv bilan yuving, quriting (engil teginishlar bilan, qo`pol ishqalamasdan) va tiklanish uchun so`rg`ich sohasiga ko`krak sutini surting va keyin ko`krakni bir muddat ochiq qoldiring.

Davolash

• Sut oqimini rag`batlantirish uchun emizishdan oldin ko`krakka iliq kompresslar qo`ying; og`riq emizishning boshida, sut oqa boshlagunga qadar kuchli bo`ladi.

• Har bir emizishni kamroq og`riyotgan ko`krakdan boshlang.

• Emizish davriyligini cheklamang; emizish sonini kamaytirmang.

• Agar shikastlangan joydan qon ko`p ketsa, 1-2 kun davomida bu ko`krakdan emizmang. Shu vaqt ichida uni har 2-3 soatda qo`lda sog`ish orqali muntazam ravishda sutdan bo`shating. Bolaga sutni choyqoshiqda bering.

Bu choralarning barchasi bir necha kun ichida yaxshilanishga olib kelishi kerak. Agar bezovtalik ketmasa, qizarish va og`riq ko`rinishida achishish hali ham bor bo`lsa, sizda so`rg`ichlarning infektsiyasi bo`lishi mumkin. Uni ko`pincha bakteriyalar (tillarang stafilokokk) yoki zamburug`lar (kandida) qo`zg`atadi, shuningdek, ular aralash uchrashi ham mumkin. Davolash uchun siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Shifokor chaqaloq bilan bog`liq muammo, masalan, davolanishi kerak bo`lgan zamburug`li infektsiya (kandidoz) yoki tuzatish kerak bo`ladigan tilning kalta yuganchasi bor-yo`qligini tekshiradi.

So`rg`ichlar emizish uchun juda og`riqli bo`lsa ham, siz bolani emizishingiz uchun sutni

sog`ishingiz kerak bo`ladi. Agar ko`krakni muntazam bo`shatmasangiz, sut yo`llari berkilib, mastit paydo bo`lishi mumkin. Ko`krakni sutdan muntazam bo`shatmaslik sut ishlab chiqarishning kamayishiga ham olib keladi.

To Top ↑
To Top ↑