x

Yangi tug`ilgan chaqaloqni cho`miltirish dastlab qiyin bo`lishi mumkin, ayniqsa, u cho`milishni yoqtirmasa. Bir nechta oddiy bosqichlar cho`milish siz va chaqalog`ingiz uchun yoqimli va oson bo`lishini ta'minlaydi.

Yangi tug`ilgan chaqaloqni qancha vaqt oralig`ida cho`miltirish kerak?

Yangi tug`ilgan chaqaloqning tozaligini saqlash uchun uni haftasiga 2-3 marta cho`miltirish kifoya. Agar bolangiz chindan ham cho`milishni yaxshi ko`rsa, uni tez-tez cho`miltirishingiz mumkin. Yodda tuting, juda ko`p (kuniga bir martadan ko`proq) cho`milish chaqaloqning terisini quritishi mumkin.

Cho`milishlar orasida chaqalog`ingizning jinsiy a'zolarini issiq suv va paxta yordamida toza saqlashingiz mumkin.

Yangi tug`ilgan chaqaloqni cho`miltirish uchun 5-10 daqiqa etarli. Ayniqsa, farzandingizning terisi quruq yoki sezgir bo`lsa, bunga amal qilish muhimdir.

"Boshdan quyruqqacha" cho`miltirish bu chaqaloqning ko`zlari va yuzlari uchun paxta va iliq suv, qo`llari hamda pastki qismi uchun mochalka ishlatishdir. "Boshdan quyruqqacha" bola tanasining tez-tez kir (iflos) bo`ladigan qismlarini yuvishingiz mumkinligini va buni bajarayotganda bolaning hamma kiyimlarini echishingiz shart emasligini anglatadi. -

Yangi tug`ilgan chaqaloqni qachon va qayerda cho`miltirish kerak?

Chaqaloqni kunning istalgan vaqtida yuvintirishingiz mumkin. Ishlaringizni tugatgan va hech kim chalg`itmaydigan vaqtni tanlaganingiz ma'qul. Farzandingiz och paytda yoki ovqatdan keyin darhol cho`miltirmang.

Farzandingiz cho`milishdan zavqlansa va bu uni tinchlantirsa, kechqurun osonroq uxlatish uchun cho`milishdan foydalansangiz bo`ladi.

Yangi tug`ilgan chaqaloqni kichik plastik vannada yoki hatto rakovinada yuvintirishingiz mumkin. U kattaroq bo`lganida bolalarga mo`ljallangan plastik vanna eng ma'quli bo`lishi mumkin.

Yangi tug`ilgan chaqaloq uchun vannani o`rnatish bo`yicha maslahatlar

Yangi tug`ilgan chaqaloqni cho`miltirishga quyidagicha tayyorlash kerak:

Chaqaloqni cho`miltirayotganda telefoningizni o`chirib qo`ying, shunda kamroq chalg`iysiz.

Qo`lingizda kerak bo`lgan hamma narsa borligiga ishonch hosil qiling - masalan, sochiq, mochalka, loson, toza kiyim va toza taglik. Iloji boricha sovun ishlatmang,

chunki bu chaqalog`ingizning terisini quritadi. Zarur bo`lganda yumshoq, sovunsiz tozalash vositasidan yoki hidsiz yog`dan foydalaning.

• Vannani mustahkam joyga va chaqaloqni ushlab turishingiz qulay bo`lgan balandlikda o`rnating. Bunga ko`pincha oshxona stoli mos keladi.

• Olti oylikkacha bo`lgan chaqaloqlar uchun vannani taxminan 5 cm suv bilan to`ldiring. Agar chaqaloqni jo`mrakdan uzoqroqda cho`miltirmoqchi bo`lsangiz, vannani to`ldirish uchun ko`zadan foydalaning.

• Soat va taqinchoqlarni echib, qo`llaringizni yuving.

Chaqaloqni suvga tushirishdan oldin suv harorati 37-38 °C ekanini tekshiring. Agar sizda termometr bo`lmasa, haroratni bilish uchun bilagingiz yoki tirsagingizdan foydalaning - suv qaynoq emas, qulay darajada issiq bo`lishi kerak.

Kichkintoyingiz vannada bo`lsa, qo`shimcha suv quymang.

Yangi tug`ilgan chaqaloqni cho`miltirish

Kichkintoyni cho`miltirish uchun tajriba zarur bo`ladi, shuning uchun xotirjam bo`lishga va shoshmaslikka harakat qiling.

Atrofingizda yordam beradigan birortasi bo`lsa, chaqaloqni cho`miltirishni boshlashingiz mumkin. Agar uni qo`lda ushlab tura olmayman deb qo`rqsangiz, vannaga toza taglik yoki sochiq solib, yuzasi silliqligini kamaytirishingiz mumkin.

Bolalar hatto oz suvda ham bir necha soniya ichida cho`kib ketishi mumkin. Hech qachon bolani vannada yolg`iz qoldirmang, hatto vanna o`rindig`i yoki maxsus belanchakdan foydalansangiz ham. Hech qachon bolalarni aka-opalari qaramog`ida qoldirmang. Agar telefoningiz yoki boshqa ishingiz sizni chalg`itsa, bolangizni vannadan olib chiqing.

Ba'zi yangi tug`ilgan chaqaloqlar dastlab cho`milishni yoqtirmasliklari odatiy holdir. Ammo aksariyat chaqaloqlar cho`milishga tez o`rganadi. Kichkintoyingiz cho`milishdan zavq olishiga yordam berish uchun qo`lingizni uning qorniga qo`yib ko`ring. Bu bolangizga hammomda o`zini xavfsiz his qilishiga yordam beradi.

Farzandingiz cho`milishni yoqtirmasa, uni bir kun "Boshdan quyruqqacha” usulida, ertasi kuni esa vannada yuvintiring. Taxminan uch oy ichida chaqalog`ingiz cho`milishni yaxshi ko`rib qoladi.

To Top ↑
To Top ↑