x

Mutolaa - bolaning "nutqini oziqlantirish" usullaridan biri. Bu "ozuqa" - rivojlanishni rag`batlantirishning fan tomonidan tasdiqlangan eng keng qamrovli usullaridan biridir. O`qish bola o`z atrofida ko`radigan narsalar, mashg`ulotlar, hodisalarning nomlarini, uning hayotiy tajribalari, his-tuyg`ulari va boshqalarni taqdim etadi.

Hikoyalar bolaga o`zi boshdan kechirgan narsani tushunish yoki tahlil qilish, qahramonlarning xatti-harakatlarini, shuningdek, bu xatti-harakatlarning sabab va oqibatlarini tushunish imkonini beradi. Ular bolaga mantiqiy aloqalarni aks ettirish va o`rnatish, gapirish, tasavvur qilish - hikoyaning yo`nalishini yoki oxirini o`zgartirish kabilarga imkoniyat yaratadi.

O`qish haqida gapirganda, biz ko`pincha uyqudan oldingi odat haqida o`ylaymiz. Katta odamlar kitobni olib, ovoz chiqarib o`qiydi. Bola bu faoliyatda qatnashishi yoki qatnashmasligi mumkin va bu asosan bolani tinchlantirish uchun mo`ljallangan. Ota-onaning yoqimli ovozi, bu mashg`ulotdagi yaqinlik, muloyimlik, albatta, bola bilan yaqin bo`lishga yordam beradi.

Bola bilan o`qish - bu boshqa narsa

Bu boladan sergaklikni, mutolaada faol qatnashishga tayyor bo`lishni, uni boshlashni va boshqarishni talab qiladi.

Bola bilan o`qish kunduzi, bola bu faoliyatni tanlaganida va uni o`rganishga tayyor bo`lganida o`tkazilishi kerak. Kitobni bolaning o`zi tanlaydi va har qanday o`yinda bo`lgani kabi, bolaga o`qish faoliyatini o`zi boshqarishiga imkon berish zarur. Bolaning ishtirok etish usullarini qadrlash, tan olish va kuchaytirish, qiziqishini oshirish, e'tiborini jalb qilib turish, so`zlar va tasvirlar vositasidagi o`yinlar orqali haqiqiy izlanish va o`rganishni ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Farzandingiz bilan istalgan vaqtda va istalgan joyda o`qishingiz mumkin

Sayr yoki bolalar ko`rigidan o`tish uchun borilganda kitob olib boring. Kitoblarni bolaga ilk kunlardanoq taqdim eting - ularni qo`li etadigan joyga qo`ying, har bir xonada kitob bo`lsin. Yodda tuting, bola bilan 15 daqiqa o`qish - "tilni oziqlantirish" miqdori, bu farzandingizning tajribasi va rivojlanishiga ta'sir qiladi!

To Top ↑
To Top ↑