Bolalarning umumiy axloq qoidalari va xayotiy xavf bo`lmaganilgan xato ishlariga yumish yoki e'tibor bermaslik kerak. Chunki ular xato qilganlari sari tajriba orttiradilar.
Tajriba muvaffaqiyat sari odim tashlayotgan kishi uchun eng kuchli xotira sanaladi.
Bola amaliyotda nimalardir qilsagina nimalarnidir kashf qiladi.
Agar ota-ona "O`g`lim, qizim bu ishni sen qilma, men uzim eplayman" qabilida gaplar aytib farzandining tajriba orttirishiga to`sqinlik qilsa, uning katta xayotda aynan mana shu ish uchun boshqalarga muhtoj bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Bu misolni umumlashtiradigan bo`lsak, katta hayotda asqatadigan ko`p tajribalarni orttirmaslik kishining kelgusi hayotda butunlay boshqa kishilarga muhtoj bo`lib qolishiga olib keladi.
Keragidan ortiq himoya qiluvchi va "o`ta mehribon" oila ichidagi bola o`zini va o`z qobiliyatlarini kashf kilolmaydi. Hato qilishdan qo`rqadi. Bola tavakkal biron ishga qo`l urib xato qilmasa va uni tuzatishni eplay olmasa, katta hayotda ham tashlagan har qadamida bekaror va qo`rqoq bo`lib qoladi.
Biz ijtimoiy hayotga ko`nika olmagan bolalarni ota-onasiga bog`lanib qolgan" deya olmaymiz. Chunki bular bolalik davrlarida ota-onalariga qattiq bog`lanib qolgan bo`lsalar ham ulg`ayganlarida maktabdagi o`quvchi do`stlarining etakchilariga, turmush qurganlarida turmush o`rtoqlariga bog`lanib qolish ehtimoli baland bo`ladi. Ota-onadan so`ng boshqa turli kishilarga bog`lanib qolish shunchaki "og`ish” dan iborat xolos. Vaholanki, ota-onalarning farzandlariga qattiq bog`lanib qolishlari yolg`iz ular uchundir. Ularning o`rniga boshqasini aslo qo`ymaydilar. Ota-onalardagi bog`lanish faqat bir nuqta va bir mo`ljalga qaratilgan bo`ladi. Bolalarda esa o`sha atrofdagi "eng kuchliga" qarab egiladi.