Ona bilan bola o`rtasidagi homiladorlik davridan Onoshlangan ruhiy aloqa almashinuvi emizish davriga kelib yanada kuchayadi. Faqat bu munosabatning ortiqchasi ham zararlidir. Bu holat nazoratdan chiqqan taqdirda salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Keragidan ortiqcha bo`lgan bu munosabat salbiy odatlanishga olib keladi.
Aslida hamma ota-ona ham farzandiga qattiq bog`lanadi. Bu tabiiy. E'tiborning keragidan ortiqchasiga o`z vaqtida barham berilmasa, bu holat oila uchun jiddiy muammolarning eshigini ochib berishi mumkin.
Aksariyat holatlarda ota-onasiga qattiq bog`lanib kolgan bolalarga ko`zimiz tushadi. Bolasiga qattiq bog`lanib qolgan ota-onalar esa unchalik bilinmaydi.
Savol tug`iladi, biz noto`g`ri deyotgan bu ikki xatti-harakatning qaysi biri ko`proq xavfli? Bolaning ota-onaga yopishib olishimi? Ota-onaning farzandiga "o`ta mexribonchiligimi?"
Aslida vaziyat biz o`ylagandek emas. "Bolaning yopishib olishi" ya'ni uning ota-onasiga qattiq bog`lanib qolishi uning harakatlarida navbatdagi og`ish hisoblanadi. Bu og`ishni "kuchliga bo`ysinish" yoki "kuchliga yopishish" deb atashimiz ham mumkin. Shu bois boladagi bu holat "Uta mexribon" ota-onalarlarni katta hayotga tayyorlanishidagi kritik nuktalar sifatida baholash mumkin.
Bog`lanib qolish ijtimoiy hayotga moslasholmaslik bo`lishi mumkinmi?
Bolalarning oiladagi o`rinlarini pilla ichidagi kapalakka o`xshatish mumkin. Kapalak uchun pilla ichidagi hayotning har daqiqasi juda muhim hisoblanadi. Hatto kapalakning pilla ichidan chiqishi ham o`ziga xosdir. Pilla ichidagi hayotini yakunlagan kapalak o`zining yumshoqqina boshi bilan pillaning devorlarini teshadi. Bu esa unchalik oson kechmaydi. Chunki teshik kichkina, vujud esa katta. Yesh kapalak avval boshi bilan, keyin esa vujudi bilan u kichkina teshikdan tashqariga chiqish uchun kurashadi. O`ta nozik va turfa rangli kapalak qanotlari sinib ketish xavfi ostida asta tashqariga chiqadi. Agar kimdir kapalakka rahmi kelib uning pilladan oson chikib olsin deya pillani kattaroq teshib qo`ysa uning umrbod ucholmay qolishiga sabab bo`lib qolishi mumkin. Chunki yosh kapalak o`sha kichik teshikchadan qiynalib chiqish asnosida qanotlariga yopishib qolgan shilimshiq moddadan qanotlarini tozalaydi. Bu ishni bajarmasa pilladan tashqariga chiqqanda uning og`irligini ko`tarolmaydi va hech qachon ucholmaydi.
Kapalak va pilla misolida ko`rganimiz kabi farzandlarini qattiq himoya qilish tuyg`usi bilan harakat qilgan ota-onalar bolalariga yaxshilik qilayotgandek bo`salar ham aslida ularga zarar etkazib qo`yishlari mum- kin. Bolaning hayotga tayyorlanishiga to`sqinlik qilgan holda ularning ijtimoiy hayotda ham boshqa kishilarga tobe bo`lib qolishiga sabab bo`lib qoladilar.