x

 Molik yoshligidan o`z istagi va oilasining yordami bilan ilm olishni boshladi. Bu borada unga eng ko`p onasi ko`mak bergan. Onasiga ilm tahsiliga ketishini aytganida ona unga eng chiroyli liboslarni kiydirib, «Endi bor, o`qi, yoz», - degan. Shuningdek, o`g`liga mashhur olim Robiyatur Rayning yoniga borib ilm o`rganishini aytgan. Shu sababli Robiya bint Abdurahmonning darslariga borib, yoshligidanoq fikx ilmini o`rgandi. Uyidan chiqayotganida onasining unga pokiza, chiroyli libos kiydirishi oradan yillar o`tsa-da uning hayot tarziga aylanib ketdi. Manbalarda bu hakda shunday deyiladi: «Imom Molik hamisha go`zal libosda yurardi. Go`zal ifor taralardi undan va o`zini shu qiyofaga loyiq tutardi. Yosh bolalar biror joyga borayotganida onalari ularning kiyimlariga ahamiyat bersa, boradigan joylari ham shu qadar ahamiyatli bo`ladi. Muhim joyga borayotganda kiyintirib, tartibga solganingizdek, ustozning xuzuriga borayotganda ham shunday kiyintirib, tartibga keltirmasangiz, bolaning nazarida ustoznikiga borish doimiy bir qo`shninikiga chiqishdek ahamiyatsiz bo`ladi. Onasining hayajoni va ihtiyori bilan ilm yo`liga tushgan Imom Molik ilm uchun har qanday fidokorlik qilishdan chekinmasdi. O`zi bu haqda shunday deydi: «Men peshin payti Nofe'ga kelardim. Quyoshdan soya bo`lish uchun hech daraxt topolmasdim. Ustozning tashqariga chiqishini kutardim. Chiqqanida xuddi uni ko`rmaganday tutardim o`zimni. Keyin oldiga borib, unga salom berib, yana uzoqlashardim. Nihoyat ichkariga kirganida ortidan borib, ibn Umar shu masalalar haqida nima degan, deb so`rardim. Savollarimga doim javob berardi, faqat juda tez edi». Ismi kelgan Nofe' Abdulloh ibn Umarning ozod bo`lgan kuli bo`lib, uning ilmini, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan aytgan rivoyatlarni, sahobiylarning amalini va shaxsan amiral mu'minin Umar al-Foruqning tatbiqotini naql qilgan. Yukoridagi ifodadan Imom kuyoshning tig`iga qanday bardosh Molikning berganini, ustozining salobatidan qanday cho`chiganini, undan Abdulloh ibn Umarning ilmini o`rgangunga qadar sabr qilganini anglaymiz. Ustoziga yuk bo`lmaslik yoki uni savollari bilan bezor qilmaslik uchun qanday nozik harakat qilganining guvohi bo`lyapmiz. U uzoq vaqt ustozini kutar, u bilan uchrashganda salom berar, so`ngra jim bo`lib, keyin yana gapirardi. Imom Molikning onasi farzandi uchun qilgan xatti-harakati sizning nazaringizda juda kichkina amaldek ko`rinmasin. Qancha kichik amallar jannatning eshiklarini ochgandir. Imom Molikning onasi ham qo`lidan kelganining eng ezgusini qilgan. Ustozining yoniga ketarkan farzandini pokiza holatda tayyorlashi, keyinchalik farzandining ustoziga juda go`zal munosabatda bo`lishini belgilagandir. Shu o`rinda bir ogriqli narsani aytib o`tishni istardim:

Bilasiz! Kichikligimizda ustozimizdan kaltak esak, buni ota-onamizning eshitishidan cho`chirdik, chunki eshitsalar, kim biladi, nima xato ish qilding, bekorga bunday bo`lmagan deyishlaridan qo`rqardik. Hozir esa bolalar ustozlaridan salgina og`irroq gap eshitsa, ota-ona tezda ustozni so`roqqa tutadilar. Endi o`ylab ko`ring, bunday holatda biror bola ustoziga hurmat bilan munosabatda bo`ladimi? Yozgi ta'tilda kichik bolalarga Qur'ondan dars beramiz. Bu darslar vasilasi bilan juda ko`p xotiralarimiz bor, alhamdulilloh. Bir bolamiz darslarni hech bajarmas, tinglamas edi. Shu sababli boshqa o`rtoqlari bilan orasi uzoqlasha boshlagandi. Dars qilishga qolgan o`kuvchilardan jahli chiqardi. Bu haqida ota-onasiga ham shikoyat qilibdi. Ular kelib, darrov meni so`roqqa tutishgandi. Bunday holatda o`kuvchilar ustozlarni hurmat qilishmaydi. Bizlar olimlarimizga qanchalik qiymat bersak, farzandlarimiz ham xuddi shunday holatda harakat qiladilar.

To Top ↑
To Top ↑