(bir onaning farzandiga nasihati)
Sufyon Savriy faqih, mufassir, muhaddis va ilmi bilan amal qilgan zohid bir kishidir. Imom Avzoiy u haqda: «Menga Allohning kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnati bilan amal qilgan bir insonni ko`rsating deyilsa, Sufyon Savriyni tanlardim», - degan.
Sufyon Savriy boshqa olimlardek otasini yoshligida yo`qotgan emas. Otasi Said ibn Masruk hijriy 126 yilda vafot etgan. Bu tarixda Sufyon Savriyning 29-30 yoshlariga to`g`ri keladi. Manbalardan Sufyon Savriyning onasining ismi haqida ma'lumot topolmadik. Faqat uning farzandiga qilgan nasihati bor va bundan uning qanday taqvo egasi ekanligi ma'lum bo`ladi. Bir kuni onasi Sufyon Savriyga: «Ey o`g`lim! Ket va ilm o`rgan. Men senga moddiy tomondan yordam beraman. O`n hadis (harf) yozganingda o`zingda biror o`zgarish sezsang, ilm olishda davom et. Yo`q, agar nafsingda har doimgi holatingdan biror o`zgarish bo`lmasa, behuda urinma».
O`rganganlarimiz bilan amal kerak. Amal qilmasak, quruk bilimdan foyda yuk. Unda <
Ilm o`rgangan bolalarimizga Qur'ondan bir sura yodlashsa, qani, o`qi, ko`rsinlar deyishimiz mumkin. Biroq avvalo ilm Alloh roziligi uchun bo`lishi lozim. Aks holda bu ilm vaqti kelib, boshqalarning mamnunligi uchun o`rganilgan bir ilm holiga keladi. Farzandimiz ustozidan nimadir o`rganganida «Bolam, ayt-chi, otang ko`rsin» deyish o`rniga, «Bolam, sen buni Alloh uchun o`rganding>> deyishimiz kerak. Farzandimizni hofiz bo`lsin deb madrasaga bersak, kun kelib ijtimoiy tarmoqning, tug`ilgan kunlarning, janozalarning go`zal ovozli hofizi bo`lganini ko`ramiz. Alloh asrasin. Hofizlik ta'limi uchun uni olib borgan kunimiz nima uchun hofiz bo`lishini tushuntirib, nasixat qilishimiz kerak bo`ladi. Davrimizda ilmga juda oson etishish mumkin. Odamlar eng qiyin mavzularga oid bilimlarga ham oson etishmoqda. Buyuk va ulkan asarlar pdf shaklida komp'yuterlarimizdan joy olgan. Ilmga bu qadar osonlik bilan erishish natijasida, har asrning o`z xastaligi bo`lganidek, bu asrning xastaligi hap xastaligi. Odamlarga foizning harom ekanini kimning bilish aytasiz. Javobi: «Men ham bilaman, ammo...» Insonlarni namozga da'vat qilasiz. Javobi: <
Ammo..» Odamlarga shariat deysiz... Javobi: «Biz ham bilamiz shariatni! Ammo...» degan javoblar olasiz. Shifokorlik, texnika haqida hamma bahslasha olmaydi, lekin gap Islomga kelganda hamma olimdek so`zlay boshlaydi. Ilmga bu qadar oson etishishning boshqa bir zarari olimlarning, Islom ilmidan dars beruvchi ustozlarning u qadar qiymati qolmasligidir. Chunki har bir odam o`zi olimdek endilikda. Jamoat namozida bir musulmonga: «Saflarni to`ldiraylik», - dedim. U hech nima bilmaganday turaverdi. Boshqalarga aytdim, ular ham joyidan qimirlamadi. Safda bo`shliq bo`lgani holda namoz o`qidik. So`ngra safda to`g`ri turmaganlardan biriga: «Sizni safni to`ldirishga chaqirgandim», dedim. «Qayerdan chiqdi bu?>>> dedi. Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadislari bor bu haqida desam, bergan javob odamni qo`rqitadi. «Munofiqning ilmi tilida, mo`minning ilmi esa amalidadir». Yana bir so`zi bor, yillar avval onasining o`ziga qilgan nasixatini hayotiga tatbiq qilgani va onasining nasixatini insonlarga etkazganini ko`rsatadi: