x

 2 qism

Abu Yusufning onasini aslo ayblay olmaymiz. O`nta etim bilan tul qolish oson emas. Shu sababdan xam bolasining ishlab, pul topishini istaydi. Ho`sh, biz bu holatdan qanday dars olamiz?! Moddiy qiyinchilik tufayli bir onaning farzandini ishlashga undashinimi? Yo`q! Bu erda saboq olinadigan taraf bu gal onalar emas, ona qalbidek qalbli olimlarimizdir. O`rni kelganda zakiy va harakatchan talaba duch kelganida kerak bo`lsa, uning moddiy imkoniyatlariga yordam berib, yaxshi bir olim etishtirishimiz kerakligini bu xadisdan xulosa qilishimiz mumkin. Abu Yusuf ustozi Imom A'zamning moddiy dastagi bilan ham oilasini ta'minladi, ham ilm tahsilini tamomladi. Shu sabab bo`lib, Islom fiqhida so`z sohibi olimlaridan biri bo`ldi. Hech kim Abu Yusufii ustoziga yuk bo`lib, olim bo`ldi demadi. Shu mavzudan kelib chiqib, yokimli bir xotirani eslash bilan xulosa qilgim keldi. Ba'zan yozuvchi asari orqali o`kuvchisi bilan dardlashadi. Yeshligimizda boshimizdan o`tgan moddiy qiyinchiliklar sabab ikki yil maktabdan qolib, tekstilda, inshootlarda ishlab oilamizning moddiy kiyinchiligiga yordam bergandim. Hamd bo`lsinki, otam keyingi yillarda o`zini qo`lga olib olgach, menga: «Sen ilm o`rgan, men senga ko`maklashaman», degandilar. - Istanbulga ketishimga ruxsat bergandilar. Men Istanbulda qolsam ham otamga og`irligim tushmasdi. Chunki Vanda askarlik qilganimda 20 lirani uch oy xech kimdan biror nima so`ramasdan, ilk askarlik maoshim kelguncha sarflab turganman, alhamdulilloh, Otamning ruxsati bilan Istanbulga ustozning yoniga ketdim hamda holatni ularga bildirdim. «Ustoz, men bu erga ilm olishga keldim, meni vakfingizga qabul qilasizmi?» dedim. Ustoz: «Oilangga yuk bo`lma, Izmirga qayt, yaxshi bir ish topib ishla, keyin uylan», - dedilar. Men esa ularga: <

 

To Top ↑
To Top ↑