x

 

Muhaddis bir otaning qizi bo`lgan Shuxda bint Ahmad Bag`dodda dunyoga keldi. Otasi Abu Nasr Ahmad Faraj ibn Umar Bag`dodning etuk muhaddislaridan edi. U ham boshqa olima etishtirgan otalar singari qizini kichik yoshdaligidanoq ilm majlislariga olib borgan, hadis ilmi bilan tanishtirgan. Kichik yoshidanoq Bag`dodda mashhur ustozlarning darslariga kirdi va bir qancha kitoblarni o`qib, o`rgandi. Husnixati go`zal bo`lib, bir nechta kitoblarni ko`chirib yozgani uchun «Kotiba», uzoq umr ko`rganligi sababli «Muammara», ayollar orasida ilmi bilan shuhrat qozongani uchun «Faxrun-niso» kabi kunyalar bilan tanilgan. Chiroyli xusnixatli bo`lish nima uchun bunchalik muxim deyishingiz mumkin. Buning sababi, sizga ma'lumki, u paytlarda texnika rivojlanmagan, barcha ilmiy kitoblar insonlarning qo`lyozmalari orqali avlodlarga etkazilardi. Shu tufayli go`zal husnixat alohida ahamiyatga ega edi. Kitoblarining chiroyli yozilishiga diqqat qilgani sabab hadischilar nazdida mo`'tabar sanalardi. Shuxda al- Kotiba Bag`doddagi eng mo`'tabar sanad silsilasiga sohib bo`lganligi uchun «Musnidatul Iroq» degan nom qozongan edi. Uning rivoyatlarini eshitish uchun istagan talaba uzoq masofalardan kelib, undan ijozat olar va hadis yozardi. Shu boisdan xadischilar orasida «Jihat» (unga boriladigan, ketiladigan) laqabini ham olgan edi. 8 yoshida xadis darslariga otasining ortidan ergashib borgan bir qizaloqning vaqti kelib, ilmdagi topgan o`rnini ko`rib, hayratlanmaslikning iloji yo`q. Bizlar bu kabi muxaddislarni o`zimiz yashagan davrda uchratmaganimiz sababli hayron qolamiz. Lekin u davrlarda hadislarni bunday yod olish me'yoriy bir holat hisoblanardi. Uni kichik yoshida hadis olimlarining huzuriga olib borgan ota qanday ham aziz inson. Kichik yoshda hadis o`rgangan Shuhda ham azizdir. «Hali kichkina. Hadis ilmida bu qizchaga nima bor?» demagan Bag`dod olimlari ham aziz kishilardir. Mana, biz o`rganib, amal qilgan xadislarimiz bizgacha qanday muborak zotlar orkali bizga etib kelgan.

To Top ↑
To Top ↑