Kichik bir qizaloq qayerda bo`lishi mumkin? Istirohat bog`ida yoki shunga o`xshash biror joyda. Qizchalarning boshqa erda bo`lishi xayolga kelmaydi. Fotimaning otasi Abul Hasan Sa'dul Hoyr qizini kichikligida Isfahonning hadis ilmida taniqli bo`lgan Fotima bint Abdulloh Juzdoniyyaning xadis darsiga olib borgan. U paytlarda Fotima bint Abdulloh Tabaroniyning «Mu'jamul Kabir»ini o`qitar edi.
Abul Hasan Sa'dul Hoyr qizi o`z davrining eng mohir hadis olimlaridan ilm o`rganishi uchun unga bor imkoniyatni yaratib berishga harakat qilgan. Qizini Bag`dodga olib borib, Hibatulloh ibn Husaynning vafotidan biroz oldin undan hadis tinglashiga sharoit yaratib berdi. Shu bilan birga, Abul Hasan ayni shu shaharda hayotining so`nggi vaqtlarini yashagan Abu G`olib ibn Bannodan va Zohir ibn Tohirdan hadis tahsil oldirdi. Fahmlagan bulsangiz, Abul Hasan olimlar vafot qilmasidan burun qiziga hadis o`rganib qolishiga shoshiladi. Bu hadislar olimlarimiz uchun juda ahamiyatlidir. Chunki ular bizdek internet orqali hadis o`rgangan emas. Hozirda kishini quvontiradigan bir holatni aytib o`tgim keldi. Endilikda ilm majlislari ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalmoqda xamda «Allohni kim yaratdi?», «Namozga boshlagan suxbat», «Yosh ateistning iymoni» singari nomlar bilan tarqalgan suhbatlar juda ko`pchilikni uziga tortmoqda. Robbim bu ishlarni olib boruvchilardan rozi bo`lsin. O`z samimiyatimizdan shubha qilamiz, ammo ularning samimiyatidan shubha qilmaymiz. Faqat, shu shaklda davom etiladigan bo`lsa, xato buladi. Fikrimni isbotlash uchun do`stim Hofiz Usmon Bustonchi bilan bo`lgan bir voqeani aytishim mumkin: u bir kuni majlislardan biriga suhbat uchun bordi. Qur'on oyatlarini o`qib, o`qigan oyatlarini sharhlar edi. Suhbat ohirida majlisdagilardan biri: «Birodar, bu aytganlaringni sen bilan men tushunamiz. Lekin yoshlarga bu og`irlik qiladi», deydi.
Buni gapirgan kishi o`zicha haqlidir. Lekin u erga keladiganlar qachon oyat va xadisga taalluqli mavzularni tinglaydi? Qachon oyat va xadis mavzusidagi suhbatlarga navbat keladi?! Ochiqcha aytaveraylik. Hadis suhbatlarining tinglovchisi juda kam bo`lganligi uchun bu mavzuda suhbatlar qilolmayapmiz. Suhbat olib boruvchilarning ko`lida necha yillardan beri xatiblar uchun qo`llanma sifatida tuzilgan bitta kitob. Agar kelgan tinglovchilarga boshqa kitoblardan, masalan, «Riyozus-solihiyn»dan suhbatlar qilsa, tinglaganlar ham siqilmasdi. Afsuski, hadis suhbatlari yuqorida aytganimizdek mavzudagi majlislardek rag`bat ko`rmayabdi.