Qiroat va hadis olimi bo`lgan bir otaning farzandi Fotima bint Sulaymon, otasining izidan borib, muhaddis bir xonim sharafiga muyassar bo`ldi. Otasi qizini juda barvaqt Damashqning taniqli muhaddislaridan Muslim ibn Ahmad Maziniy, Karima bint Abdulvahhob va Ibn Ravoxa kabi taniqli olimlarning darslariga tinglovchi sifatida olib bordi. Bir hadis olimiga munosib o`zgacha xayajon bilan qiziga ham ilm o`rgatgan bu muborak inson, kizi bilan birgalikda Shom, Iroq va Hijoz shaharlariga ilmiy sayohatlar qildi. Qizining ushbu erlarda yashaydigan 100 dan ortik muhaddislardan ilm olishini ta'minladi.