x

Halqimiz orasida hamma narsani pulga chaqadigan kishiga: "Nima seni tanglayingni pul bilan ko`tarishganmi?" - degan mashhur ibora bor. Kishilar ushbu boradan kelib chiqib bu odatga salbiy baxo bermasliklari kerak. Aslida, tanglay ko`tarish dinimizda bor odat bo`lib, ko`p sahobalar oilasida farzand dunyoga kelsa, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurlariga olib borishardi. U zot (sollallohu alayhi va sallam) chaqaloqni ko`rib, xursand bo`lar va xurmo bilan bolaning tanglayini ko`tarar edilar.

Chakalokning tanglayini kutarish sunnat amallardan biridir. Bu amalda, avvalo, tozalikka e'tibor kilish lozim bo`ladi. Gudakning jismi ojiz bo`lgani sabab, xurmoni ezib, o`ng qo`lning ko`rsatkich barmog`i bilan bola tanglayiga surilsa, ayni muddao bo`ladi. Agar xurmo topilmasa, asal yoki shirin sharbat bilan ko`tarsa xam maqsadga muvofiq bo`ladi.

To Top ↑
To Top ↑