Har qanday insonning ichki olamiga bir nazar solsangiz, unda mehrga, sevgiga muhtoj kichik bir qalb mavjudligini sezasiz. Yoshi katta bo`lishiga qaramasdan boshi silanganda tabassum qilishga har doim tayyor, minnatsiz mehrga chanqoq, qo`yib bersangiz onasining tizzasiga bosh qo`yishga tayyor yoshi katta kichik odamlar hayotimizda talaygina topiladi. Demak har bir inson mehrga, sevgiga muhtoj. Afsuski, bizdan mehr istalsa, qoshimiz chimiriladi...
Mashhur psixolog Alisa Millerning "Iqtidorli bolaning dardi" (dramasi) nomli asarida bolaligida ota-onasidan etarli darajada mehr ko`rmagan kishilarning umr bo`yi boshqa kishilardan mehr izlashlari haqida yozadi. Faqat bu harakatlarning bari befoyda. Bolalik yillarida ota-onasidan olishi kerak bo`lgan mexrni qarshilay oladigan insonning bo`lishi imkonsiz. Chunki, u sevgi, u mexr o`sha vaqtda ajratilishi kerak edi. Mexr beminnat bo`lsagina qadrli bo`ladi, sevgi kerak bo`lgan paytda ko`rsatilsagina qiymatli bo`ladi.
Bolaning mehrga muhtoj payti
Kishining bolalik yillarida mehrga to`yishi uning ovqatlanishi, chiroyli kiyinishidan xam muhimroqdir. Bola uchun ona sevgisi boshkacha ruxiy ozuqa hisoblanadi, uni doim to`q tutadi, xotirjam qiladi. Ona sevgisi bola uchun har doim birlamchi ehtiyojdir. Ona sevgisi boshqalarning sevgisiga aslo o`xshamaydi. Shu sababdan kishining atrofida har qancha mexr beruvchilar bo`lsa ham yana ona mehrini qo`msayveradi.
Savol tug`iladi: "Qaysi ona bolasiga mexr bermasligi, uni sevmasligi mumkin?"
Har bir ona bolasiga mehr beradi, uni yaxshi ko`radi. Bizning esa bu o`rinda aytmoqchi bo`lgan narsamiz shuki, bolaga kerak bo`lgan vaqtda, ya'ni u mexrga muhtoj bo`lgan paytning o`zida mehr ko`rsatishdir. Ertaga, kechqurun, birozdan so`ng emas, aynan unga kerak bo`lgan onda sevgi berish lozim. Mehrga to`ymaslikning zamirida yotgan asosiy sabablardan biri onalarning bolalari uchun etarli vaqt ajrata olmasligidir.
Bolalar asosan 4 yoshga qadar ona sevgisini muntazam qo`msaydilar. Bu shunday extiyojki, bola har ko`zini ochganda onasini yonida ko`rishi, qo`rqqanida onasining ovozini eshitib tinchlanishi, qorni ochganida, suv- saganida onasini topa olishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bola ana shunday himoya qo`rg`oni va mehr bulog`i ichida katta hayotga qadam qo`yishi kerak. Bolaning ona-sining yordami va mehriga muhtoj bo`lgan davrini "urganib qolish" davri deyiladi. Bola bu davrni qanchalik xotirjamlikda o`tkaza olsa sevgi, mehrga muhtojlik ham shuncha kamaya boradi.