Insonlarning qalblariga ta'sir qilgan; qancha ma'nan qovjiragan qalblarni Buyuk Allohning o`ziga ato etgan lutfi bilan yomg`irdan keyin ungan giyoxdek undirib, Allohga yuzlanishiga bo`lgan Allohning bir dusti...
Qalbi Alloh ishki bilan yongan bu valiyulloh hijriy 470 (milodiy 1077) yilda Hazar dengizining kun botish tarafidagi G`iylon viloyat markaziga qarashli Nayf qishlog`ida tug`ildi. Bir shoir uning tug`ilishi va vafoti haqida shunday degan: «Ishq bilan keldi, Kamol bilan vafot etdi».
Ota tarafdan kelib chikishi hazrati Hasan roziyallohu anhuga, ona tarafdan esa hazrati Husayn roziyallohu anhuga borib taqaladi. Payg`ambar sollallohu alayhi va sallam avlodlaridan.
Abdulqodir Jiyloniy ham boshka buyuk shaxslar kabi yoshligidan etim qolgan. Uning tarbiyasi va taxsili bilan onasi Ummul Hayr Amatul Jabbor Fotima va bobosi Savmay shug`ullangan. Otasiz katta bulishning barcha qiyinchiliklarini onasi ko`ngliga ko`mib, farzandiga buni sezdirmagan.
Abdulqodir ibodatga muhabbati bilan birga, ilmga xam rag`bati kuchli edi. 18 yoshga etganida onasiga bir masaladan gap ochadi. Niyati o`z davrining ilm va madaniyat markazi bo`lgan Bag`dodga ketib, Islom ilmlarini o`rganish edi. Onasi ruxsat berib, duolar qiladi. Ona uchun bu oson emas. Uylashingiz mumkin, u paytda ilm tahsili uchun shahar tashqarisiga chikilardi, bu qiyin emasdi deb. Ketishga ruxsat bermaydigan onalar ham bor edi. Masalan, «Kutubu sitta» imomlarining ustozi bo`lgan Muhammad ibn Bashar onasidan ilm tahsili uchun ketishga ruxsat ololmaydi. Onasi vafot etgunga kadar yonida bo`ladi. Ilm taxsilini onasi vafot etgach boshlaydi. Hozirda biz bir xadisni topish uchun internetga yozib, izlash imkoniga egamiz. Bu xadislarning tagida qancha oshib o`tilgan yo`llar bor aslida. Bir xadis uchun kunlab, oylab yo`lda yurgan olimlarimiz bor. Bu xotiralar uchun mustaqil bir asar ham yozilgan. Ko`p onalar bolalarining uzokda yashashiga bardoshlari etmaganidan, ularning ta'lim olishlariga qarshi bo`lishadi. Hatto yozgi ta'tillarda ham kattalar bilan qilinadigan ilmiy suhbatlarga ham junatmaydilar. Nima uchun Islom uchun badal to`lamaymiz? Abdulqodir Jiyloniyning onasi bu badalni o`tadi. Alloh roziligi uchun o`zi ulgayib, katta bo`lgan yaqinlarining yonidan ayrilish maqsadlari ulkan bo`lganlar uchungina sabr qilinadigan qiyinchilikdir. Ilmiga amal qilgan, amal qildirgan, minglarcha suhbat majlislariga to`plagan Allohning do`sti. Onasining duosini olgan farzandning yutug`i bu. Shayx Muvaffaqaddin ibn Kudama shunday degan edi: «Men xech kimsaning dini uchun bunchalik sevilganini ko`rmadim. Sultonlar, vazirlar uning suhbatlariga yalinib, talashib kirardilar. Odob va hurmat bilan o`tirardilar».
«Olim etishtirgan onalar» kitobidan.