Bolalar odatda turli xarakterli bo`lishadi. Ba'zilari kichikligidanoq sokin, voqea-hodisalarga, muxitga birdan kirishib ketmaydigan, unga qarshi munosabat bildirmaydigan bo`lishadi. Avval atrofni kuzatishadi, o`zlariga ishonch hosil qilgandan so`nggina muxitga qo`shilishadi.
Ba'zi bolalar esa buning aksicha sho`x, kirishuvchan bo`lishadi. O`zlarini himoya qilishga majbur bo`lib qolishganida o`z haqini ajratishga urinadigan, yig`laydigan, baqiradigan bolalarni hech narsadan tap tortmaydigan, kirishuvchan bolalar deb o`ylashadi.
Aslida, bolaning sokinligi yoki uning shoshqaloqligi, sho`xligi uning shaxsini tasvirlab beruvchi me'yor xisoblanmaydi.
Tortinchoqlik va odamovilikning sabablari nima?
Bu asnoda o`zidagi ishonchni, albatta, o`z ota-onasidan oladi. Ba'zan yangi muhit ichida jim o`tirishni afzal ko`radi, atrofdagilarni tanishga urinadi, ba'zida esa o`zini xotirjam sezadi-da tengqurlari bilan o`yinga kirishib ketadi.
Yosh bolalardagi tortinchoqlik va begonasiramaslik tahlillarini yaxshi mutaxassisgina aniqlab berishi mumkin.
Misol uchun, 4 yoshli diqqatli bola uyiga mehmon kelsa xonaga kirmasdan oldin ularni poylaydi. Ular bilan tezda chiqishib ketmaydi. Keyinroq ota-onasi yoniga keladi va o`zini xotirjam sezganidan so`nggina muxitga aralashadi. Bunday bolalarni diqqatli yoki mas'uliyatli bolalar deb atashimiz mumkin. Bularni tortinchok, odamovi deyish to`g`ri bo`lmaydi. Vaholanki, ular muhitga asta-asta qo`shiladilar.
Shu bilan birga uyiga mehmon kelganida, qo`lini og`ziga soladigan, tirnoq eydigan, boshini tizzalari orasiga olib bir og`iz ham gapirmaydigan, burchakda yolg`iz o`tiradigan bolalar ham mavjud. Ana shu toifa bolalar kup ozor berilgan, ezilgan va shu sababli tortinchoq va odamovi bo`lib qolgan bolalar sanaladi.