Agar farzandingizning o`yinchoq qurollar bilan asta-asta zo`ravonlikka, tajovuzkorlikka yo`nalayotganini sezsangiz, uning bu odatini tashlashiga qarshi kurashishdan oldin quyidagi choralarni ko`rishingizni tavsiya qilamiz:
1. Farzandingizni turli jangovor ruxdagi va qurolli sahnalari mavjud bo`lgan mul'tfil'm va fil'mlardan uzoq tuting.
2. Turli texnik va komp'yuter o`yinlarida bunday ruxdagi o`yinlar o`ynashini to`liq ta'qiqlash lozim.
3. Farzandingiz oila davrasida va atrofida turli ko`ngilsizliklarga duch kelmasligini oldini oling.
Unga hamma kabi e'tibor berilishini, kamsitilmasligini ta'minlang.
4. Oilada yomon muhit mavjud bo`lsa, ota-onalar o`r- tasida surunkali janjallar bo`lsa, bola uchun bu odat larni tashlash shart.
5. Bolaning o`rtoqlari ham qurolga qiziqadigan, jangovorlik, zo`ravonlik ruhidagi fil'mlarni va o`yinlarni yaxshi ko`radiganlar bo`lsa, farzandingizni ular orasidan chiqarib, boshqa toifa bolalar orasiga qo`shishga harakat qiling.
6. Boladagi qurolga bo`lgan qattiq qiziqishni oldini olish uchun ma'lum oraliqlarda unga chiroyli o`yinchok va sovg`alar oling. Iloji boricha farzandingizni ijtimoiy rivojlanishiga yordam beruvchi masalan, bosh- qalarga hurmat qilishni o`rgatuvchi o`yinlarga chorlang.
7. Farzandingizning dunyosidan o`yinchoq qurol bilan birgalikda u qurolga ruh bergan qahramonni ham chiqarib tashlash yo`llarini qidiring.