x

Iyul' oyining 22 sanasi 2018 yildan boshlab butun dunyo bo`ylab Halqaro boks kuni sifatida nishonlanadi.

Boks - yakkakurash sport turi. Unda sportchilar qo`lqoplar taqib olib,bir-biriga zarba beradilar. Havaskor boksda janglar 3 raund, professional boksda esa 12 raundgacha davom etadi. Qayd etish lozimki, boks eramizdan oldingi 688 yilgi qadimiy Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan. Zamonaviy boksga esa HVIII asrda Angliyada asos solingan. 

Boks - bu bolalar va o`smirlarga nima beradi?

Bolalar uchun boks - bu beqiyos o`zini himoya qilish tajribasi. Farzandingiz ushbu sport turi bilan professional tarzda shug`ullanmasa ham, mashg`ulot davrida u uyatchanlik va qat'iyatsizlik bilan kurashishni, shuningdek, mas'uliyatni o`z zimmasiga olishni o`rganadi. Boks mahorati tufayli inson har qanday vaziyatda ham o`zini, yaqinlarini himoya qila oladi. O`smirlar uchun boks - bu tengdoshlarning yomon ta'siriga berilmaslikni o`rganish uchun ajoyib imkoniyat. Boks bilan shug`ullanayotgan o`g`il yoki qiz bolada muvozanatli, intizomli bo`lish qobiliyatini rivojlantiring.

Bugungi kunda boks butun dunyo bo`ylab eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. 

O`zbekistonda ham boks o`zining ajoyib ananalariga ega. O`zbek charm qo`lqop ustalari Olimpiya o`yinlarida, Osiyo va jahon chempionatlarida, Osiyo o`yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o`rinni qo`lga kiritib, jahonda etakchi ekanliklarini isbotlamoqdalar. 

Fursatdan foydalanib, O`zbekiston boks federaciyasi yurtimizda boksga aloqador barcha insonlarni bugungi sana bilan muborakbod etadi!

To Top ↑
To Top ↑