Davlat maktablarida har xil oilalarning bolalari o`qiydi. Farzandingizga qancha maosh olishingiz, oilaviy byudjet haqida ma'lumot berishingiz muhim. Maoshingiz oz bo`lsa ham, sevgan kasbingizda ishlayotganingizni va bundan rozi ekanligingizni ko`rsating. Bola buni tushunadi, ammo oyligingiz kamligi sabab farzandingizning barcha istaklarini muhayyo qilib berolmayotganingizdan siqilsangiz, bola buni darrov sezadi va sizni qismatdoshi deb hisoblaydi. Bu uning ruhiyatiga salbiy ta'sir qilib, sinfdoshlari oldida o`ziga nisbatan ishonchini yo`qotadi.
Agar bola badavlat oiladan bo`lsa, uni erkalatib yubormaslik uchun nima qilish kerak?
Bolaga o`qishdagi yomon natijalar yoki xatti-harakatlar unga yaratiladigan imtiyozlarga cheklovlar o`rnatishi mumkinligini tushuntirish kerak. Bundan tashqari, o`n turt yoshdan boshlab bola cho`ntak pulini o`zi ishlab topishi mumkin. Bu, ayniqsa, badavlat oiladan bo`lgan bolalarga mustaqil shaxs sifatida rivojlanishi uchun foydali tajriba bo`ladi. Agar boy bola sarf-xarajatlarning chegarasi borligini tushunmasa, odamlar bilan munosabatlarda xam ma'lum bir chegara borligini anglolmay qolishi mumkin. Bolalarga oilaning moddiy ahvoli uning shaxsiyatini belgilamasligini ko`rsatish muhim.
Agar bola dustlarining e'tiborini shirinlik va boshqa narsalar bilan sotib olayotgan bo`lsa, nima qilish kerak?
Avvalo, bu haqda bolaning o`zi bilan bafurja gaplashib oling. Agar buni shunchaki taqiqlasangiz, u tushunmaydi va ish berayotgan hiylasini yana takrorlaydi. Shu sabab do`stlari haqida qiziqarli suhbat quring. Samimiy suhbat davomida bolaning dardini bilib olasiz. Do`stlarini nima uchun shirinliklar bilan siylashining asl sababini aniqlaysiz. Bola doim ham ijtimoiy muhitga moslashib keta olmaydi, u oson yo`lni tanlaydi. Farzan- dingizning tanlagan yo`li xato ekanligini va buning boshqa echimi borligini tushuntirib bering.
“Men, bolam va pul” kitobidan