Cavol: Yangi tug`ulgan chaqaloq peshonasiga qora kuya surtib qo`yishga Dinimizda qanday qaraladi: shunday qilish joizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Dinimizda yosh bolani yuziga qora surtib qo`yishga buyurilmagan. Bu ish dinimizda yo`q.
To`g`ri, ko`z tegishi bor narsa. Bir nechta hadisi shariflarda bu haqda ochiq aytilgan. Sahobalardan Usmon ibn Affon roziyallohu anhu bir ko`rkam bolani ko`rib: "Bu bolaning yuziga qora rang surtib qo`yinglar, ko`z tegib qolmasin tag`in", degan ma'nosida gapirgan ekanlar. Lekin hazrati Usmonning bu gaplari "Dinimizda har bir tug`ilgan yosh bolaning yuziga qora surtilishi kerak", degan ma'noda emas, balki tavsiya ma'nosida aytilgan.
Shuning uchun har bir tug`ilgan chaqaloqning yuziga qora kuya kabi narsalarni surtishga odatlanish yaxshi emas. Vallohu a'lam.
O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.