x

Dinimiz farzandlarga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyuradi. Bu haqida muqaddas Qur'oni karimda ham juda ko`p bor ta'kidlangan. Jumladan, Ahqof surasining 15-oyatida bunday marhamat qilinadi:

"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik kilishga buyurdik. Onasi uni (qornida) qiynalib ko`tarib yurgan va uni kiynalib tuqqandir..." Oyati karimada dastlab Alloh taoloning o`zigagina ibodat qilish ta'kidlangan bo`lsa, undan so`ngra ota-onaga yaxshilik qilish ta'kidlanadi. Demak, ota- onaga itoat qilayotgan farzand bu ishi bilan bevosita Allohga bo`ysunib, uning buyrug`ini bajarayotgan bo`ladi. Zero, ota-ona farzand uchun haq taoloning vasiyatidir. Shuningdek, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hadisi shariflarida farzandning ota-onaga itoatda bo`lishi va ularga yaxshiliklar qilishi haqida bot-bot uqtiradilar.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Rasullulloh (sollallohu alayhi va sallam): "Alloh taologa buysunish ota-onaga itoatli bo`lishdir. Alloh taologa osiy bo`lish, ota-onaga itoatsizlikdir", dedilar" (Imom Tabaroniy rivoyati). Jannatga eltuvchi juda ko`p amallar bo`lib, ulardan eng sharaflilaridan biri farzandning ota-onasiga itoatda bo`lib, ularning roziliklarini topish bilan erishishdir.

 

To Top ↑
To Top ↑