Sizga mubolag`a tuyilishi tabiiy, ammo vrach huzuriga qachon borish homiladorlik oldidan nafaqat ayollar uchun, balki oila, to`g`rirog`i, erkak kishi uchun ham nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi. Chunki tibbiyot mutaxassisining tekshiruvi hech qachon inson salomatligiga qarshi qaratilmaydi. Ammo tan olib aytishimiz kerakki, odatda ayollar homiladorlik va vrach ko`rigi xususida so`z yuritishganda, ko`p hollarda «Homilador bo`lib qolibman, shekilli», deb vrachga ko`rinishadi. Davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan sog`lom onalik va sog`lom bolalik esa aynan ayollarning o`ziga kech etib boradi. Aslida, homiladorlik ostonasida vrach huzuriga borish shart va hatto ikki karra shart! Ho`sh, buni qachonga mo`ljallash kerak?
Aslida ayol kishi ona bo`lishni maqsad qilishi bilan vrach huzuriga borishi tavsiya etiladi. Bugungi kunda «Nikox va oila» markazlari tomonidan joriy qilingan nikoh oldidan yoshlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishning negizida ham aynan sog`lom onalik yotadi. Onalik ostonasidagi ayollar, nafaqat yosh oila bekalari, balki ikkinchi, uchinchi farzand xohishidagi ayollar ham ekanligini hisobga olsak, bu borada umumiy xulosa berishga to`g`ri keladi.
"Ona va bola"kitobidan