x

Bu mavzu ota-onalarni qiynaydigan muammolardan biri hisoblanadi. Agar   bir necha muhim jihatlarga e'tibor qaratilsa, bu masala muammo bo`lmaydi. Birinchidan, bola uchun tagini ho`llash qandaydir rohat bag`ishlovchi vaziyat ekanini unutmaslik kerak. Bolaning siydik yo`llarining to`lishi natijasida boshlangan taranglik uni o`zini qo`yib yuborishga majburlaydi. Bu esa uni bosim va og`riqdan xalos qiladi, unga rohat beradi. Modomiki, bolaga bu yoqarkan, nima uchun onasining uni bu ishi tufayli urishayotganini, xafa bo`layotganini qanday anglashi mumkin?

Shu sababli bolalarning hojat odobi, qoidalariga rioya qilishining birinchi sharti ularda bu ishdan zavqlanish hissining yo`qolish yoshiga etishlaridir. Bu ko`proq 18-24 oylik davrga to`g`ri keladi. Ikkinchi sharti esa bolaning siydik yo`llaridagi muskullarning etarli darajada mustahkam bo`lishidir. Bu esa bolaning o`zini o`zi boshqarishiga olib keladi. Bu ham xuddi yuqoridagidek 18-24 oylik davrga to`g`ri keladi.

Bu ikki shart vujudga kelsa ham hojat qoidalariga rioya qilolmaslikning asosiy uch sababi mavjud.

1. Oilada ota-onadan o`tgan irsiy siyib qo`yish muammosi bo`lsa, bolaning siyib qo`yish odati yuzaga kelish ehtimoli mavjud.

2. Bolaning uyqusi qattiq bo`lsa, siyb qo`yganini bilmay qolishi mumkin.

3. Oila ichida muhit yomon va bola psixologik zo`riqish tufayli siyib qo`yishi mumkin.

Yuqorida sanab o`tilgan barcha shartlar amalga oshgan bo`lsa va biron muammo bo`lmasa, u holda quyidagi choralarni qo`llash mumkin bo`ladi:

a) Bola bezovta bo`lmasdan tagini ho`llash odatini yaxshi narsa emasligini anglab etishi kerak. Odatda bolalar kunduzlari ostlarida qimmat va sifatli tagliklar yordamida taglarining ho`l bo`lganini ham sezmay qolishadi. Shu sababli namlik tufayli yuzaga keladigan bezovtalik ularda paydo bo`lmaydi. Shuning uchun kunduzlari bolaga namlikni his qildiradigan tagliklar ishlatish maqsadga muvofiq.

b) Hojat odobining shartlaridan yana biri "katta xojat" vaqtini kunduziga olishdir. Ko`p hollarda ota-onalar boladagi "katta hojat" extiyojini sezishadi. Bola "katta hojat" aslida bir majburlov hisoblanadi. Bola uchun "kiyinchilik" bo`lgan bu paytda unga qiynalmaydigan joy ko`rsatilsa va o`rgatilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ota-onalar bolaning qachon "katta hojatga extiyoj sezishi bilan uni chaqirib hojatxonaga (hojat tuvagiga) chaqirishlari va bunga odatlanishiga harakat kilishlari kerak bo`ladi.

d) Bolaga kunduzgi hojat odati o`rgatilgandan keyin xuddi shu usul bilan tungi hojatga o`rgatilishi kerak.

e) Bola katta hojatga kunduzi o`rgatilganda tunda siyib qo`yishlar ham kamayadi.

"Bola nimani nega kiladi? " kitobidan

To Top ↑
To Top ↑