x

Shifokorlar tunda bolaning qay holatda uxlashiga qarab, uning xarakteri va ruhiyatidagi o`zgarishlarni bilish mumkin, deyishadi. Farzandingizning o`y-xayollari nimalar bilan bandligini bilishni istasangiz, diqqat qiling.

Yuqoriga qarab yotsa...

Kurak bilan yotgan holatda, qo`l-oyoqlar yon tarafda joylashgan. Ba'zida qo`llar boshdan yuqoriga ko`tarilgan ham bo`ladi. Bolakay boshini yon tarafga yoki to`g`ri ushlagancha tutadi. Bu holat bola ruhiyatidagi xotirjamlikni bildiradi. Fe'l-atvoriga ko`ra og`ir-bosiq, yaqinlarining mehri, e'tiborini sezib turadi.

G`ujanak bo`lib olsa...

Tizzalar birlashgan, qo`l bosh ostiga qo`yilgan, bola huddi bir nimadan xavfsiraganday (yoki sovuqqotayotgandek) g`ujanak bo`lib olgan. Ustiga yopilgan ko`rpa bo`yingacha etadi. Ushbu holat farzandingizni nimadir tashvishga solayotgani, o`ylantirayotgani yoki unga azob berayotganini bildirishi mumkin. Oilada nosog`lom muhit bo`lganida ham bola o`zini shu tariqa himoyalashga urinadi. Bu ong ostida sodir bo`lgani uchun ham uyqusida ro`y beradi.

Qorin bilan uxlasa...

Qoringa yotgan holatda, qo`l-oyoqlarini yon tarafga joylashtirgan bolakay ta'sirchan, kayfiyati o`zgaruvchan bo`ladi. Uni xafa qilish juda oson. Ammo kichik narsalardan ham xursand bo`lishni biladi. Agar unga qattiqroq tanbeh bersangiz, keyinchalik o`z qobig`ida o`ralib qolishi ham mumkin.

Tizzalar birlashgan...

Ko`p bo`lmasada, bu ko`rinishda uxlaydigan bolalar ham uchrab turadi. Tizzalarni birlashtirib, ularni yuqoriga ko`targancha uxlash orom vaqti sodir bo`ladi. Tabiiyki, bolaning o`ziga sezilmaydi. Odatda bunday holat injiq, fe'li murakkabroq bolalarda kuzatiladi. Bunday bolalarni biror nimaga majburlab bo`lmaydi. Yaxshi gap bilangina yo`lga solish mumkin.

Yonboshda uxlash ...

Uyqu uchun qulay ko`rinishlardan biri. Agar farzandingiz yonboshida uxlashga odatlangan bo`lsa, ruhiyatidan havotirlanmasangiz ham bo`ladi. Bolakay xotirjam, o`zini yaxshi xis qilmoqda. Sog`ligida ham hech qanday muammo yo`q. Ammo kezi kelganida o`ziga kerakli bo`lgan mehr va e'tiborni so`rashga iymanadi. Ana shu taraflariga diqqat qiling.

Boshqa ko`rinishlari ...

Farzandingiz ustiga yopilgan ko`rpani huddi atay qilinganidek oyoqlariga o`rab oladi. Bu uning norozilik kayfiyatini bildirishi mumkin.

Qo`l-oyoqlarini tarang qilib oladiki, salgina bo`shalishiga ham imkon bermaydi. Ahamiyat bering, farzandingiz asabiy bo`lib qolmaganmi?!

Іamisha qo`l kaftini musht qilib oladi. Shartli refleks ta'sirida hosil bo`lgan jarayon bolakayning to`palonchi ekanligini bildirishi mumkin.

Yumshoq o`yinchog`i yoki qo`g`irchog`i bilan birga uxlashga odatlangan bolalarga e'tibor etishmaydi. Agar bu holat farzandingizda kuzatilsa, unga ertak aytib bering, uxlab qolgunicha yonida bo`ling.

 

To Top ↑
To Top ↑