O`zbekistonda har yili 27 iyun' o`zbek milliy jurnalistikasi bayrami sifatida nishonlanadi. Bunga 1906 yil shu sanada ilk o`zbek gazetasi «Taraqqiy»ning chop etilishi asos qilib olingan. Jurnalistlar bayrami turli mamlakatlarda turli sanalarda nishonlanadi. Bunga sabablar ham xilma xildir. Keling, buni birgalikda ko`rib chiqamiz.
Jurnalistika kuni aksariyat mamlakatlarda Milliy yozuv kuni deb yuritiladi. Hususan, AQShda ham ushbu kun 2009 yildan boshlab har yili 12 noyabrda keng nishonlanadi. Milliy yozuv kuni munosabati bilan, NCTE Milliy yozuvlar galereyasini yaratildi, bunda yozuvchi-shoirlar o`z asarlarini ommaga namoyish etishlari mumkin. 2017 yildan ushbu bayram 20 oktyabrda nishonlanadi.
Rossiyada 5 dekabr' kuni o`z xizmat vazifalarini bajarishda vafot etgan jurnalistlar xotirasiga bag`ishlangan xotira kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun 1991 yilda Rossiya jurnalistlari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan bo`lib, o`sha yilning sentyabr' oyida sobiq Yugoslaviya sotsialistik federal respublikasi jurnalisti Viktor Nogin va operator Gennadi Kurennoy mashinada yoqib yuborilgan.
Hitoy Halq Respublikasida Jurnalistlar kuni 8 noyabrda nishonlanadi. Buni qarangki, bu kun yakshanbaga to`g`ri kelsa ham u ish kuni hisoblanar ekan.
1994 yil 25 mayda Ukraina prezidenti ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb bayramini nishonlash to`g`risidagi farmonni imzolagan. Bayramni nishonlash 6 iyun' sanasiga belgilangan. Negaki 1992 yil 6 iyunda Ukraina milliy jurnalistlar uyushmasi Halqaro jurnalistlar federatsiyasiga a'zo bo`lgan.
Hindistonda 17 noyabr' Milliy jurnalistika kuni deb ataladi. Bu kunni hind xalqi so`z va fikr erkinligi kuni sifatida nishonlaydi.
1997 yilgacha Qozog`istonda Jurnalistika kuni 10 mayda nishonlangan. Keyinchalik esa ushbu sanani 28 iyunga ko`chirilgan. Shu kuni ilk bor ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi qonun qabul qilingan va ushbu bayram matbuot, radio va televideniye kuni deb nomlandi hamda 2012 yilga qadar an'anaviy ravishda iyun' oyining oxirgi yakshanbasida nishonlangan. Ushbu sana Aloqa va axborotlashtirish xodimlari kuni deb ham nomlangan.
2019 yil 24 iyunda Qozog`istonning navbatdagi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning 2019 yil 25 iyundagi qarori bilan 28 iyun' kuni Qozog`istonda Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb rasman belgilandi.
Prezident Imomali Rahmon farmoni bilan Tojikiston matbuot kuni 1993 yil 11 mart sanasidan buyon nishonlab kelinadi. Ushbu sanada birinchi tojikcha gazeta — «Buxoroyi Sharif» (Sharafli Buxoro) chop etilgan. Uning ilk soni 1912 yilda nashr etilgan.