Taniqli bastakor Shopen bolaligida juda nimjon va kasalvand edi, shu sabab o`rtoqlari bilan to`p tepmay, uyda o`tirardi. Onasi uning vaqti unumli o`tishi uchun to`rt yoshidan boshlab pianino chalishni o`rgatdi.
Yetti yoshda u ilk marta kontsertda qatnashdi, ammo onasi kasal bo`lib qolib unda ishtirok etolmadi. Frederikni hayajon bosdi, u doim onasi yonida bo`lishiga o`rgangandi. Lekin muvaffaqiyatli ijrodan so`ng uning kelajagi belgilandi.
Onasi esa “Doim yoningda bo`lmasamda, mehrimni his etib chalishda davom et”, deb uni duo qildi.