x

Pablo Pikassodan qanday qilib mahoratli rassom bo`lgani haqida so`rashganida, u bolalikda onasi qalamiga mansub she'rlarni ertak o`rnida tinglab uyquga yotganini, bu she'rlar uning xayolot olamini kengaytirganini, surat chizishga ishtiyoq uyg`otganini aytadi.

Mariya mitti Pablitoga qarata: “Agar harbiy yo`lni tanlasang, albatta general bo`lasan, agar dinni tanlasang, albatta Rim papasi bo`lasan!” – deb ruhlantirar edi. Bola ilk suratini o`n yoshida chizdi, lekin atrofdagilar uni arzimas deb baholadi, faqatgina onasi yuqori baho berdi. Shunday qilib, Pablo suratkashlikni tanladi va zamonasining eng mashhur rassomiga aylandi.

To Top ↑
To Top ↑