x

Lampochkani ixtiro qilgan Edison bolalik paytida uyiga qaytib, “Oyi, mana bu xatni maktabdan berib yuborishdi”, deb onasiga bir konvert uzatdi. Ona xatga tezgina ko`z yugurtirdi, so`ng ko`zi jiqqa yoshga to`lib, maktubni jajji o`g`liga o`qib bera boshladi: “Honim! O`g`lingiz juda iqtidorli. Biroq, bizning maktabimiz uning qobiliyati uchun kichiklik qiladi. U mustaqil ta'lim ola qolsin!”.

Oradan yillar o`tadi. Edison insoniyat tarixidagi eng ulkan ixtirolarni qiladi. Onasi vafot etgach, Edison uning javonini titkilab o`tirib, o`sha xatni topib oldi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, maktubda butunlay boshqa gaplar yozilgan ekan: “Honim! O`g`lingizning aqli past, ertadan bizning maktabga kelmasin!”.

Edison uzoq yig`laydi. So`ng xotiralar daftariga quyidagi satrlarni bitadi: “Edison g`irt kaltafahm bola edi. Lekin onasining go`zal xizmati sababli noyob iqtidor sohibiga aylandi”.

To Top ↑
To Top ↑