x

Farzandlar ota-onasiga itoat etib, har bir fursatni ularning roziliklarini olish uchun g`animat bilmog`i kerak. Bolaning baxt-saodatga erishishi, yutuq va muvaffaqiyat qozonishi ota-onaning xursandchiligi va roziligi tufayli hosil bo`ladi. Bolalar ota-onasini hurmat qilish qatorida ularni sharmanda qilmasliklari va nomlarini bulg`amasliklari kerak. Ota-onaning so`zlariga ishonmagan, ulardan o`zini aqlli va ishbilarmon hisoblagan bolalar hayotda qiynalib qoladi va ko`p qiyinchiliklarga duchor bo`ladi. Chunki ishonchsizlik odamda aldov va yolg`onchilikni paydo qiladi. Yolg`onchilik va ikkiyuzlamachilik esa barcha yomon ishlarga sabab bo`ladi.

Aslida har qanday odamga yolg`on gapirish katta jinoyat, og`ir gunohdir. Ammo ota-onani aldash juda katta gunoh sanaladi. Ota-onasiga bildirmay biron yomon ishni qilish ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, ularni haqoratlash bilan tengdir. Aslida bolalar qiyin holatga tushganlarida rostini aytib, ota-onalarini bundan xabardor qilsalar, ota-ona o`zlarining aqli va tajribasi bilan bu qiyin holatdan chiqish yo`llarini ko`rsatib beradilar. Demak, har bir bola o`z ota-onasini qilayotgan ishi va holatidan xabardor qilishi barobarida uning nasihati va maslahatlariga quloq tutishi va amal qilishi kerak.

To Top ↑
To Top ↑