Tanglay ko`tarish Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning sunnatlaridir. Bu sunnat – sog`lom odamning og`zida xurmo yo boshqa shirinlikni chaynab, chaynalgan narsani pokiza barmog`iga qo`yib, barmog`ini chaqaloqning og`ziga kirgizib, o`sha barmog`ini o`ng va chap tomonga harakatlantirib, shirinlik og`ziga to`liq etib borgunicha uning tanglayini engil ishqalash bilan amalga oshiriladi. Suvli, yumshoq xurmoning bir juzini shimib, foydalanishi uchun go`dakni og`ziga solib qo`yish ham mumkin.
Hurmo topilmasa, shirinlik, olov tegmagan narsadan, ayniqsa, asaldan foydalanish ham du7rust.
Ilmiy o`rganishlar tanglay ko`tarishning quyidagi foydalarini ham tasdiqlagan:
– og`iz mushaklarini baquvvat qiladi;
– tilning tanglay, ikki jag` ila faol harkatiga sabab bo`ladi;
– go`dakni ko`krakni og`izga olishga tayyorlaydi;
– go`dak sutni ichiga kuchli tarzda tortishiga yordamlashadi;
– hazm sistemasiga, qon aylanish faolligini ta'minlaydi;yutish va emish a'zolarini tabiiy harakatga keltiradi;
– tanglay ko`tarish asnosida go`dak halqumining yuqori qismi ezilishi og`izga tabiiy shakl berish hamda go`dak gapirishni boshlayotganda harflarni o`z o`rnidan chiqarishi, to`g`ri talaffuz qilishga katta ijobiy ta'sir qiladi!
Dilmurod TILOVOV tayyorladi