x

Tabiiyki, hech bir ota-ona farzandining tamaki yoki turli giyohvand vositalarni iste’mol qilishini xohlamaydi. Biroq qahva va energetik ichimliklar tarkibida ham kofein moddasi bor ekanligi negadir ularni unchalik xavotirga qo’ymaydi.

Kofein o’zi nima?

Kofein – bu organizmni uyg‘otadigan va ogohlantirishlarga javobni kuchaytiradigan kuchli stimulyator. Ba’zi tadqiqotchilar kofein berilgan bolalarning kognitiv qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishgan va natijalar kofein iste’mol qilmaganlarga qaraganda biroz yuqoriroq bo‘lgan.

Kofein uyqu siklini buzadi va tungi dam olishni tongda qoplash uchun yana ko‘proq qahva ichishga to‘g‘ri keladi. Yana bir salbiy ta’siri shundaki, kofein gazlangan boshqa ichimlik turlariga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi.

Me’yorni oshirganda (bolalarda 100 mg va o‘smirlarda 400 mg dan) salbiy ta’sir kuchayadi. Aritmiya paydo bo‘ladi, bosim ko‘tariladi, tashvish kuchayadi. Kofeinli ichimliklarning haddan tashqari dozasi tufayli to‘satdan yuz beradigan bolalar o‘limi holatlari mavjud. Eng zararli tomoni shundaki, kofeinning yuqori dozasi yurak faoliyatini yomonlashtiradi.

Bir nechta tadqiqotlar kofeinni qabul qilishning uzoq muddatli salbiy ta’siri tajovuzkorlik, g‘azab va g‘ayritabiiy xatti-harakatlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishini aniqlagan.

Shunday qilib, kichik dozalarda kofein bolaga xavf tug‘dirmaydi. Ammo agar u doimo ko‘p qahva yoki energetik ichimliklar ichsa, bu turli xil sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, albatta, bolajonlarning qahvaga bo‘lgan muhabbatini nazorat qilish va me’yorni oshirib yubormaslik tavsiya etiladi.

Kofeinning bolalar uchun me’yori qancha?

6-11 yoshli bolalar uchun kofeinning ruxsat etilgan dozasi kuniga 25 mg, 12-17 yoshli o‘smirlar uchun esa 50 mg hisoblanadi. Biz qariyb har kuni iste’mol qiladigan ayrim ichimliklarda esa kofein miqdori quyidagicha:

  • “Cola” (0,33 l shisha) – 40 mg;
  • Qahva (bir finjon) – taxminan 100 mg;
  • Choy (bir finjon) – 40-50 mg;
  • energetik ichimlik (bank 0,33 l) – 150-250 mg.

Demak, bolalar bir kunda faqat yarim finjon qahva, bir piyola choy yoki bir shisha “Cola” ichishi mumkin, energetik ichimliklarni esa umuman ichish mumkin emas. Aks holda, bolalar kuniga me’yoridan ko‘p kofein iste’mol qilgan bo’ladilar. Bu esa ularning sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

To Top ↑
To Top ↑