x

Allohga tavakkal qilishda eng ibrat bo`luvchi ona xazrati Hojar onamizdir. Qur'oni karimda ismi aytilmagan. Faqat bir oyatda u haqda zikr qilinadi. «Sahihul Buhoriy»da uning boshdan kechirganlari batafsil aytilgan. Qudratli Allohning amri bilan hazrati Ibrohim alayhissalom ayoli Hojar va o`g`li Ismoil alayhissalomni Makkaga eltadi. Makkaga ketayotib Ibrohim alayhissalom oilasini bir daraxtning ostida qoldirdi. Hech bir so`z demasdan uzoklasharkan hazrati Hojar: «Bizni kimga qoldiryapsan?» — dedi. Yo`l bo`yi qayerga ketyapmiz deb so`ramagan hazrati Hojarning savoli bir hikmatli so`roq edi. Hazrati Ibrohim alayhissalom ayoliga qarab shunday javob berdi: «Allohga».

Tavakkul sultoni bo`lgan muborak ona shunday dedi: «Bizni Allohga qoldirishingga roziman». Bu qanday bir taslimiyatki, yul buyi birorta savol bermaydi. Faqat ko`nglini xotirjam qilish uchun oxirida savol so`raydi. Savolida ham taslimiyat bor hatto. Hojasidan «Alloh» javobini olgach esa «Rozimiz» dedi.

Biz doim Allohning qulidan rozi bo`lishi haqida o`qiganmiz. Qilingan bir yaxshilik evaziga «Allox sendan rozi bulsin» deb duo qilganmiz. Hazrati Hojar onamizdan o`rganamizki, Alloxdan rozi bo`lish ham bor ekan. Banda Robbidan rozi bo`ladi, dardlarga sabr qilib, «Robbimdandir» deb sabr bilan qarshilaydi. Yosh bir juvon, bag`rida go`dagi bor. Tashlab ketilgan eri esa quruq cho`l, inson yuk. Yuk, hatto ko`zga ko`rinadigan biror jonzot ham yo`q. Suv yo`q. Yonlarida juda oz suv kolgan. Hech nima fakat Allohdan rozi bo`lgan bu go`zal xonim shuni biladiki Alloh uning bilan birga. Alloh bor ekan, yana nima bo`lishi kerak... Alloh biz bilan ekan, shu bizga etadi.

«Alloh bizga etarli. U qanday ham go`zal vakildir». Hazrati Hojar deganda xayolingizga nima keladi deb savol berilsa, men mana shu oyatni o`qigan bo`lardim. Ismi Qur'onda kelmasada uning hayoti mana shu oyatning tafsiridir. U Allohdan rozi bo`lmish, Allohga sig`inmish va shu oyat asosida yashamish. Bunday bir onaning tarbiya kilgan farzandi onasidek bo`lmasmidi?! Albatta, buladi. Onasining tarbiyasini olgan bir farzand onasidek taslimiyat ko`rsatib, Allohga sig`inadi. Onasi boshidan kechirgan sinovlardan ham og`irroq sinovlarga uchraydi. Farqi esa u muborak jonini Allohga fido qilajak. Faqat bu g`azotlarda shahid bulish emas. Buynini otasining oyoqlari ostiga qo`yajakdir. Pichoqni tortadigan esa uning otasidir. Buning uchun juda katta itoatkorlik zarur. Hazrati Ibrohim alayhissalom o`g`liga tushida ko`rganlarini aytib beradi. Ko`rgan tushida Ismoil alayhissalomni qurbon qilishi ko`rsatilgan. Hazrati Ibrohim alayhissalom tushini aytgach, farzandining gul yuziga qarab so`raydi: «Bunga nima deysan?

Hazrati Hojarning madrasasida etishib, Allohning har turli amriga rozi bo`lgan hazrati Ismoil alayhissalomning javobi shundaydir: «Ota, senga amr etilganini bajar, inshaalloh, meni sabr qiluvchilardan topasan».

“Olim etishtirgan onalar” kitobidan

 

 

To Top ↑
To Top ↑