Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning g`uncha guli bo`lgan eng kichik qizlari. Bu go`zal xonimning turmush o`rtog`i esa Allohning arsloni Ali roziyallohu anhudir. Alloh va Rasuli sollallohu alayhi va sallamning rizosiga uyg`un holda yashaganlar. Zavjasiga oshiq va borlig`i bilan bog`liq bo`lgan Ali roziyallohu anhu Fotima onamiz haqida shunday deganlar: «Kun bo`yi ish bilan mashg`ul bo`lib, charchab uyga qaytganimda Fotimaning yuziga boqsam, butun g`am-anduhlarim, toliqishim yo`q bo`lardi». Turmush o`rtoqlarining bu qadar sevimli insonlari bo`lishlari ularning Hadija onamizdek xojasining qalbidan qanchalik joy egallaganliklarini ko`rsatadi. Ularning vafotlaridan keyin turmush o`rtoqlari ulardek ayolni topolmadilar. Ey mo`mina ayollar! Bir haqiqat shuki, Islom da'vosida ulkan badallar to`lagan har yigitning ortida soliha bir ayol bor. Eng katta badallarni ham Islomning ayollari o`taganlar. Hadija onamiz avvaliga ikki farzandi Qosim va Abdullohlarning vafoti tufayli chuqur qayguni boshdan kechirganlar. Dardi ummat bo`lgan buyuk qalbli ona 65 yillik hayotida hech o`z nafsi uchun yashamagan. Hojasi va farzandlariga suyanchik bir tog` bo`lganlar.
ʺOlim etishtirgan onalarʺ kitobiidan