1-3 oylik davrda badan tarbiya va chiniqtirish muxim ahamiyatga ega, chunki chiniqqan bola turli kasalliklarga kamrok chalinadi.
Shuningdek, ochik xavoda sayr qilish, havo vannalari, suv muolajalari, massaj va gimnastika bolaning har tomonlama etuk va soglom o`sishiga yordam beradi.
Go`dakni 3-6 oyligidan boshlab oyoq-qo`llarini engil harakat qildirib borish, buni turli-tuman o`yinchoklar bilan amalga oshirish maksadga muvofiq. Kuniga bir necha bor korni bilan yotqizish mumkin.
Bola 6-10 oyligida asosiy e'tiborni emaklashga karatish, nutqi shakllanishi uchun iloji boricha u bilan ko`proq gaplashish, ko`llari bilan har xil aylanma harakat qildirish lozim, buning uchun rang-barang o`yinchoqlardan foydalanish tavsiya etiladi.
10-14 oylik bola o`zi turadi, yuradi, gapni tushuna boshlaydi. Shu sababli, oyoklarini ko`tarish, qo`llarini ushlab o`tirib-turish, gavdani oldiga egish va rostlash kabi mashklar kiritiladi. Mashgulotlar ko`p jihatdan bolaning gapga tushunishiga, harakat ko`nikmalarini orttirishga yordam beradi. Shunday qilinganda bola faol va mustakil rivojlanadi.