Chaqaloq uchun kecha va kunduzning farqi bo`lmay, kuniga 4-11 marotaba uxlashi mumkin. Keyinchalik kunlik uyqu muddati asosan kunduzgi uyqu hisobiga kamayib boradi.
Chaqaloq bola bir kecha-kunduzda 16,5-15,5 soat,
1-2 yoshda 13,75-13,25 soat,
3-5 yoshda 12-11 soat,
6-10 yoshda 10,75-9,75 soat,
11-16 yoshda 9,5-8,5 soat uhlaydi.
1 yoshlik bola kunduzi 1-2 marta uhlaydi, 1,5-2 yoshlik bolaning kunduzgi uyqusi 1,5-2 soatni tashkil qiladi. Bolaning 4 yoshidan kunduzgi uyquni tashkil etish qiyinlashadi, biroq 5-6 yoshgacha kunduzgi uyquni saqlab qolish mumkin.