x

 

Quyidagi hollarda bolalarga muzqaymoq berish ta'qiqlanadi.
1. Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so`ng. Kasallik o`tkazgandan so`ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo`llarini muzlashi yangi infektsiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi.
2. Tez-tez O`RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo`lishi mumkin.
3. Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o`t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo`lsa.
4. Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo`lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari.
5. Laktaza etishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko`tara olmaydi.
6. Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas.
7. Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo`ladi. Qo`shimcha vazn yig`ilishiga sabab bo`lishi mumkin. Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas?
 
 
 

To Top ↑
To Top ↑