x

Chaqaloqlar sog`lom tug`ilishgan bo`lishlariga qaramay ularning badan terisi yoki shilliq pardalarida tug`ilish vaqtida kapillyarlar yorilib, qon to`planib qolishi tufayli  mayda qontalashlar hosil qilgan bo`lishi mumkin. Odatda, ular qisqa vaqt ichida asoratsiz o`tib ketadi.

Chaqaloq dastlabki 3 – 4 kun davomida o`z vaznini yo`qotadi va bunday holat fiziologik vazn kamayishi deb nomlanadi.

Chaqaloqlarning fiziologik sariqligi asosan 2 – 3-kunlarda yoki 4 – 5-kun dastlab yuz sohasida paydo bo`lib, keyin badanga tarqaladi va o`z-o`zidan o`tib ketadi.Fiziologik (tug`ilish jarayoni) jarohatlariga bosh, yuz, (aksariyat peshona) yumshoq qoplamining shikastlanishi natijasida qon quyilib qolib, hosil bo`lgan tug`ruq shishlari kiritiladi.

Chaqaloqning yumshoq tanglayi kalta yoki unda yashirin nuqson mavjud bo`lsa, emayotganida sut bilan qalqib ketishi yoki sut bo`rindan qaytib chiqishi mumkin. Bunday vaziyatda bolani vertikal holatda to`tib emizish lozim.

Chaqaloq sun'iy ravishda ovqatlantirilsa, birinchi kundanoq jag`lar va mushaklarga etarlicha bosim yuklash zarur.Ko`krak emayotgan bola hayotining birinchi kunlarida milk do`mboqlari bilan ko`krak so`rg`ichiga taxminan 300g bosim bilan ta'sir etadi,  ikkinchi haftaga kelib, 700-800g bosim o`tkazadi. Shu faol harakatlar hisobiga chaynov va yuz mushaklari o`sadi.

Sun'iy ovqatlantirganda, shishaga o`rnatiladigan rezinali so`rg`ich etarli darajada qattiq, (qizdirilgan nina bilan teshilgan) teshigi esa kichik bo`lib, so`rganda jag` suyaklariga qarshilik ko`rsatishi kerak.Chaqaloq sutli ovqatini 12-15 minut davomida so`rib ulgurishi kerak. Shunda u etarli hajmdagi harakatlarni bajaradi.

 

To Top ↑
To Top ↑