x

Bolalardagi nutq faoliyati ular tug`ilishlari bilan boshlanadi. Bir necha kunlik chaqaloq ham o`zi eshitgan har bir ovozni xotirasida saqlay boshlaydi. O`xshash ovozlarni eshitgani sari o`sha so`zlarni qaytarishga urina boshlaydi.

Boladagi nutq rivojlanishi jarayonida ikki xil xotira rol' o`ynaydi. Birinchisi, passiv xotira bo`lib, har eshitilgan so`z bu erga saqlanadi. Passiv xotiraga saqlangan so`zlar 6 oy mobaynida ishlatilsa, bu qaydlar aktiv xotiraga o`tadi. Aktiv xotira takrorlashga qaratilgan xotiradir. Misol uchun, bola doimiy ravishda "ona" yoki "ota" so`zini eshitsa va bu jarayon 6 oydan oshsa bu so`zlar aktiv xotiraga ko`chadi. Shu bois bolaning gapiradigan dastlabki so`zlari u eng ko`p eshitgan so`zlaridan iborat bo`ladi.

Nutq tinglashning davomi hisoblangani uchun ota-onalarga "bolalaringiz bilan suhbatlashing" deb tavsiya qilinadi. Bola bilan qancha ko`p suhbatlashilsa, unga so`zlar qanchalik chiroyli va to`g`ri talaffuz qilinsa bolaning tili ham ana shunday chiroyli chiqadi.

  "Bola nimani nega qiladi?ʺ kitobidan

 

 

 

To Top ↑
To Top ↑