x

Islom dinida ota-ona huquqlari bilan bir qatorda bola huquqlarini himoya qilishga ham katta e'tibor beriladi. Ota-ona va bola munosabatlari haqida gapirilganida, shuni alohida ta'kidlash joizki, ota-onaning haq-huquqlari farzand oldida muayyan burchlarni vujudga keltirsa, bolaning huquqlari ham ota-onalarga ma'lum vazifalarni yuklaydi.

Farzandlar xoh qiz bo`lsin, xoh o`g`il, Alloh tomonidan ota-onaga in'om etilgan tuhfa va sinov hisoblanadi. Qur'oni karimda bunday deyiladi: «Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. (U) xohlagan narsani yaratur. Hohlagan kishisiga qizlarni hadya etur va xohlagan kishisiga o`g`illarni hadya etur. Yoki ularga o`g`illar va qizlarni qo`shib berur va xohlagan kishisini farzand ko`rmaydigan qilib qo`ygay. Albatta, U (buning hikmatini) biluvchi va (o`zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir» (Shӯro, 49-50). Demak, farzand Yaratganning ne'mati ekan, uni qadrlash ularning huquqlariga rioya etish va chiroyli ta'lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi.

Bola huquqlarini himoyalashdagi eng birinchi va asosiy omil bola dunyoga kelmasdan avval yuzaga keladi hamda konuniy nikoh asosida oila qurishda o`z aksini topadi. Go`dakning o`z nasabini bilishi va oilada dunyoga kelishi ota-ona zimmasidagi mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Bo`lajak farzandga munosib onani tanlash nikox zamiridagi yana bir muhim jihat hisoblanadi. Oishadan (roziyalloxu anho) rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: <

Ona homilador bo`lgan vaqtdan boshlab, homilaning ma'lum huquqlari vujudga keladi. Bu holatda islom huquqining insoniylik jihati ham ko`zga tashlanadi, ya'ni farzandning huquqi bilan islomning asosiy arkoni to`qnashganida bola manfaati ustun keladi. Jumladan, bo`lajak ona homilador bo`lganida islomning to`rtinchi arkoni bo`lgan Ramazon ro`zasini tutmasligi mumkin. Payg`ambarimiz (alayhissalom) shunday deydilar: «Homilador va emizikli ayollar uchun ro`za tutmaslikka ruxsat bor». Islom dinida ruxsat berilgan bu kabi engilliklardan foydalanish ham ayni diniy ko`rsatmadir. Zero, hadisi sharifda: «Alloh uning buyruqlariga bo`ysunganingizni yaxshi ko`rganidek, engilliklarni qabul qilganingizni ham yaxshi ko`radi», deb marha- mat kilinadi.

Shuningdek, homila davridagi bolaning vorislik ho`quqi xam mavjud bo`ladi, ya'ni, agar farzand tug`ilmasidan avval ota olamdan o`tsa, islom huquqiga binoan, bola dunyoga kelib, jinsi ma'lum bo`lmagunicha meros taqsimlanmaydi. Shunga asosan, aytish mumkinki, islom huquqida tug`ilmagan bolaning huquqlari bilan ham hisoblashish kerak bo`ladi.

Farzandiga chiroyli va munosib ism tanlash ota-onaning mas'uliyatli vazifalaridan biri hisoblanadi. Farzand katta bo`lib, oq-qorani taniganda o`z ismidan uyaladigan bo`lmasligi lozim. Balki nomi unga ziynat bo`lib turishi darkor. Payg`ambarimiz (alayhissalom) bunday deydilar: «Bolalaringizni qadrlang va ularga go`zal ism qo`ying». Rasulullox (alayhissalom) ismning inson taqdiriga bevosita ta'siri borligini inobatga olib, ma'nosi salbiy bo`lgan ismlarni yaxshilikka dalolat qiluvchilariga almashtirganlar. Jumladan, Umarning (roziyallohu anhu) Osiyo (osiylik qiluvchi) ismli qizlarini Jamila (chiroyli) ismiga almashtirganlari rivoyatlarda mashhur.

Ona sutini emib, sog`lom katta bo`lish huquqi yangi tug`ilgan har bir go`dakning bu dunyodagi ilk ehtiyoji hisoblanadi. So`nggi ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, yangi tug`ilgan bolaning sog`lom ulg`ayishi uchun ona suti- dan foydalirok ozuqa yo`q. Shunday ekan, imkon qadar bolani ona suti bilan oziqlantirish zarur. Islom dinida ham bu masalaga katta e'tibor berilgan. Ma'lumki, emizish onaning huquqi sanaladi, lekin biror sabab bilan ona bunga qodir bo`lmasa, emizuvchi topish va uni rozi qilish otaning vazifasi xisoblanadi. Shuningdek, diniy manbalarda bolani emizish muddatlari xam bayon etilgan. Jumladan, «Baqara» surasi, 233-oyatda shunday deyiladi: «Onalar bolalarini to`la ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga etkazishni istovchilar uchundir». Shuningdek, oyatning davomida onaning ta'minoti ota zimmasiga yuklatiladi: «Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir. Hech kimga toqatidan ortiq (mas'uliyat) yuklanmaydi. Bolalari tufayli ota ham, ona ham zarar ko`rmasin!» Oyatdan shu narsa ma'lum bo`ladiki, go`dak sababidan emizikli onaning moddiy ta'minoti bolaning otasiga vojib bo`ladi. Albatta, ta'minot masalasida bolalari tufayli ota-onaning zarar ko`rishiga yo`l qo`yilmaydi. Ammo shu bilan birga badxulk va ruhiy xasta ayolning suti bilan boqishdan qaytariladi. Rasululloh (alayhissalom) ona sutining bola sog`ligi va xulq-atvoriga ta'siriga ishora qilib: «Farzandlaringizni zinokor va ruhiy xasta ayolning sutidan muhofaza qiling, chunki bunday sut ziyonlidir», deb ogohlantirdilar.

Tug`ilgan bolaning yana bir haqqi aqiqadir. Islom dini ta'limotiga ko`ra, farzand tug`ilishining ettinchi kuni bolaning sochi olinib, o`sha soch og`irligida kumush sadaqa qilmoq tavsiya qilinadi. Bolaning sochini olish hamda shukrona sifatida qo`y so`yib o`tkaziladigan marosim «aqiqa» deyiladi. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) rivoyat kilinadi: «Nabiy (alayhissalom) Hasan va Husaynga (roziyallohu anhum) bittadan qo`chqor so`yib aqiqa qildilar». Yangi tug`ilgan bolaning qulog`iga azon va takbir aytish hamda tanglayini ko`tarish ham ota-onaning farzand oldidagi vazifasidir.

Bola nimani nega kiladi?” kitobidan

To Top ↑
To Top ↑