Bolasini maktabga yubormaydigan ota-onalar 5 mln soʻmdan koʻproq jarima toʻlashi mumkin.
Qonunchilikka koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 340 ming soʻmdan 1 mln 700 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 340 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.