Mustaqillik haqida sherlar to`plami - Mustaqillik yillarida ko`hna tariximiz, boy - merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag`rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg`usi yuragimizning tub-tubidan o`rin oldi.
Mustaqillik muborak bo`lsin!
Do`ppingizni ko`kka oting,
Orzu osmoniga eting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak, mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho`x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak, mustaqillik kun muborak.
O`zbek eli o`ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko`rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko`prik,
Mustaqillik kun muborak.
Mustaqil O`zbekiston
Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o`rtoqmiz..
O`ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo`lib sayraymiz.
Quchog`i bog`u bo`ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O`zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag`ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo`shig`i
Mustaqil O`zbekiston!
Mustaqillik haqida qisqa sherlar
Mustaqillik ne demak,
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog`ing kerak,
Ma'nosini dilga sol.
***
O`z yurting - er, samosi.
Shahri gulshan ma'vosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog`i, bog`i, daryosi
Endi o`z molu mulkining,
O`z qo`lingda o`z erkining.
***
Yurting nurga belanib,
Ko`rinmaydir ko`zinga,
Barcha oltin-gavxaring,
Buyursin-a o`zinga.
***
Endi o`zingga bog`liq,
Ne ekib ne o`rmog`ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog`ing.
***
G`ururing solib dilga,
Tezroq ulg`ay top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqlol.