O'rta-maxsus ta'lim
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi bo'lib o'tmoqda.
Yig'ilishda ma'lum qilinishicha, Joriy yilda maktablar va maktab taʼlimiga 46 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ (yoki 3,7 milliard dollar) ajratish rejalashtirilgan.
Lekin, matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligini aniq koʻrsatdi.
Yoki, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi.
Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti.
Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.