x

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 26-bandiga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil berilishi belgilangan.

Taʼtil fevral oyining aynan qaysi kunlariga toʻgʻri kelishi hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va hududiy boʻlinmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Maʼlumot uchun: Ayni vaqtda koʻplab hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun 5-10-fevral kunlari qoʻshimcha taʼtil kunlari etib belgilanmoqda.

To Top ↑
To Top ↑