2024-yildan Seuldagi boshlang‘ich va o‘rta maktablar o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rganishda yordam berish uchun “robot repetitorlar”dan foydalanishni boshlaydi. Taʼlim boshqarmasi davlat maktablarida ingliz tilini o‘qitishni kuchaytirish maqsadida shu qarorga kelgan.
Xususiy kompaniya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan robotlar kelasi yilning mart oyida sinov tariqasida poytaxtdagi beshta maktabga yetkazib beriladi. Robotlar o‘quvchilar bilan ingliz tilida yakkama-yakka suhbatlasha oladi va o‘qituvchi yordamchisi vazifasini bajaradi.
Robotlar, shuningdek, o‘quvchilarning talaffuzdagi muammolarini bartaraf qilishga ham yordam beradi. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, Taʼlim departamenti robot-repetitorlardan foydalanishni kengaytirishni rejalashtirmoqda.