x

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova maktablardagi yangi darsliklar mazmuni, shakli va kontseptsiyasini o`rganishga qaror qildi. Bu haqda u o`z sahifasida yozib qoldirdi.

Umida Rahmonovaning aytishicha, qizi ayni paytda 2-sinf o`quvchisi bo`lib, farzandining sifatli ta'lim olishi u uchun juda muhimdir.

“Ba'zan ish, ba'zan boshqa sabablar bilan bo`lib, 2-sinfda tahsil oladigan qizimning dars tayyorlashiga yordam bera olmay qolayotgandim. Lekin oxirgi vaqtlarda hamma bahona va sabablarni bir chetga surib, uy vazifalarini birgalikda tayyorlashga harakat qilyapmiz.

Qizimning sifatli ta'lim olishi men uchun juda muhim. Shu bois keyingi vaqtlarda maktablardagi ta'lim dasturi yoki darsliklar haqida bildirilayotgan turli xil fikr va izohlarni alohida qiziqish bilan kuzatib boryapman”, — deydi deputat.

 

Umida Rahmonova ham ona, ham deputat sifatida darsliklarning mazmuni, shakli va kontseptsiyasini o`rganib, bu borada o`z fikrlarini bo`lishib borishini bildirdi.

Maktab darsliklari zamonaviy ta'lim standartlariga javob berishi barobarida o`quvchini qiziqtirishi va fanga bo`lgan mehrini uyg`otishi kerak. Boshlang`ich sinf darsliklarining tubdan yangilangani nafaqat o`quvchi va o`qituvchilarni, balki ota-onalarni ham quvontirgani aytilmoqda.

Andijon tumanidagi 54-umumiy o`rta ta'lim maktabida 10 yildan buyon boshlang`ich sinfda dars berib kelayotgan Ilmira Musina “Daryo” muxbiri bilan bo`lgan suhbatda yangi darsliklar avvalgilariga nisbatan o`zining rang-barangligi hamda o`quvchilar uchun berilgan topshiriqlarning qiziqarli ekani bilan farq qilishini aytgandi.

“Oldingi darsliklarimiz mualliflari ta'lim sohasida ishlagan bo`lsa ham, bolalar bilan ishlamaganliklari uchun o`quvchini qiziqtirishi qiyin edi. Yangi darsliklar mualliflarining aksariyati boshlang`ich sinflar o`qituvchilari bo`lgani bois har bir o`quvchining xarakteridan kelib chiqib, tayyorlangani yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Bu esa o`yinqaroq, qiziqmaydigan yoki o`zlashtirishi qiyin bo`lgan bolalarni ham o`ziga jalb etib, o`qishga qiziqtira olyapti, — degan edi u. 

Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidov ham yangi darsliklarni yaratishda bolalar psixologiyasi ham hisobga olinganini ta'kidlagandi.

To Top ↑
To Top ↑