Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabar berdi. Habarga ko`ra, “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” g`oliblari Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini qo`lga kiritishadi.
Shunday salohiyatli direktorlar uchun trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta'lim, tillar va lingvistika bo`limi boshlig`i, professor Stiven Korbett tomonidan o`tkazilmoqda.
Ma'lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o`tkazilayotgan bo`lib, o`z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
- Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
- Yozma ish
- Suhbat
Ushbu tanlovda g`olib bo`lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.
G`oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o`tashadi.
Ular keyinchalik Angliyada o`rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo`lishishlari ko`zda tutilgan.