x

Oliy ta'lim

Bir necha hafta avval professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta'lim vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat qilgan. Unda professor ta'lim tizimidagi bir qator muammolar va ularga aniq echimlar taklif qilgan.

"Modul-kredit tizimiga o`tmas ekanmiz, oliy ta'limda yangilanish ham,  o`qituvchida mas'uliyat ham bo`lmaydi. Bu tizimga to`laqonli o`tishimizga mustaqil ta'limning moliyalashtirilmaganligi sabab qilib ko`rsatilmoqda. Ammo muammoning optimal echimi bor:

1)  ma'ruza mashg`ulotlarini 50 daqiqaga tushirish;
2)  seminar va amaliy mashg`ulotlarni bekor qilish;
3)  tejalgan vaqt resursini mustaqil ta'limga berish;
4)  ustama ish haqlarini mustaqil ta'limga yo`naltirish;
5)  o`qituvchining har bir ish kuni uchun (taxminan) 10 talabadan onlayn va 10 talabadan oflayn mustaqil ta'limni qabul qilish grafigini ishlab chiqish;

Eslatma:

  • talabaning 80 daqiqa ma'ruza tinglashi samarasiz;
  • seminar va amaliy mashg`ulotlar ma'nan eskirdi;
  • amalda talaba bilan yakka tartibda ishlash tizimi yo`q", — deyiladi murojaatda.

To Top ↑
To Top ↑