Har bir ota-ona farzandining o`qimishli, savodli bo`lishini istaydi. Ammo bolalarda «maktabga bormayman» deb xarxasha qilish, ta'limga befarqlik kuzatiladi. Maktab o`qishlariga befarq bo`lish har bir bolada uchrashi mumkin. Chunki u bola va o`ynashni xohlaydi, do`stlari bilan gaplashmoqchi bo`ladi, boshqa ishlarga qiziqib ko`radi va hokazo.
Bolani ta'limga qiziqmasligi maktab bilan bo`lishi mumkin. Bunda o`qituvchining tajribasi etishmasligi, farzandingizni maktab, sinfda o`z o`rniga ega emasligi va shu kabi psixologik sabablar bo`lishi mumkin. Shuningdek, bunga ota-ona ham sababchi bo`ladi. Odatda farzandlar bilan birga dars qilmaslik, ularga ta'limga oid vaqt ajratmaslik yoki bolada ta'limdan zerikish bo`lganda uni bo`sh vaqtini ota-ona to`g`ri tashkil qilmasligi bilan bog`liq.
Bunday mavzularda faqat o`zingiz emas, iloji bo`lsa oilaviy, o`qituvchi va boshqa mutaxassis bilan to`g`ri echim topishga harakat qiling!