x

Bu voqeani aytib berarkanman, butun qalbim bilan bizning jamiyat ham bu darajaga etishini istayman, o`qituvchiga nisbatan munosabat shu darajada bo`lishini, o`qituvchi ham shunga munosib bo`lishini.

Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, muallim Yamamotadan so`radim:

— Yaponiyada o`qituvchilar kuni qachon nishonlanadi, uni qay tarzda nishonlaysizlar?

Yamamota savolimdan ajablanib, shunday javob berdi:

— Bizda umuman o`qituvchilar kuni yo`q.

Unga ishonish-ishonmaslikni bilmay qoldim. Miyamga bir fikr keldi: "Iqtisodiyot, fan va texnika rivojlangan mamlakat nega o`qituvchiga, uning mehnatiga bu qadar hurmatsizlik bilan munosabatda ekan-a?" Biroq...

Ishdan keyin Yamamota meni mehmondorchilikka uyga taklif qildi. U maktabdan uzoqda yashaganligi sababli biz metroda ketdik. Kechki "tig`iz vaqt" bo`lgani uchun, metro vagonlari odamlarga to`la edi. Tiqilinchdan biroz siqilgancha, tutqichdan mahkam ushlab turdim. To`satdan yonimda o`tirgan otaxon menga joy berdi. Qari insonning bu qadar hurmati munosabatini tushuna olmay, men uning taklifini qabul qila olmas edim. Lekin u nihoyatda qat'iy turgani uchun, o`tirishga majbur bo`ldim.

Metrodan chiqqandan so`ng men Yamamotadan oqsoqolning ushbu hatti-harakatini tushuntirib berishini so`radim. Yamamota tabassum qildi va mening muallimlik ko`krak nishonimga ishora qilib, shunday dedi:

— Bu qariya sizning muallimlik nishoningizni ko`rdi va maqomingizga hurmat belgisi sifatida o`z o`rnini sizga bo`shatdi.

Muallim Yamamotaning xonadoniga ilk bor tashrif buyuryotganim sababli quruq qo`l bilan borish biroz noqulay edi, va men biror sovg`a sotib olishga qaror qildim. Men Yamamotaga ushbu qarorimni bayon qilganimda, u meni qo`llab-quvvatlab, oldinda o`qituvchilar uchun do`kon borligini, u erda men arzon narxlarda mahsulot sotib olishim mumkinligini aytdi. Men yana hissiyotlarimni yashira olmay:

— Imtiyozlar faqat o`qituvchilarga beriladimi? — deb so`radim.

Yamamota mening so`zlarimni tasdiqlab, shunday dedi:

- Yaponiyada o`qituvchi – eng hurmatli kasb, eng hurmatli inson. Yaponiyalik tadbirkorlar do`konlariga o`qituvchilar kirsa juda xursand bo`lishadi va buni o`zlari uchun katta sharaf deb bilishadi.

Yaponiyada bo`lgan vaqtlarimda, men bir necha bor yaponlarning o`qituvchilarga qay darajada hurmat ko`rsatishlariga guvoh bo`ldim. Metroda ular uchun alohida joylar mavjud, ular uchun alohida do`konlar ochilgan, o`qituvchilar har qanday transport turiga chipta olish uchun navbatda turishmaydi. Hayotining har bir kuni bayramdek bo`lganidan keyin, nega endi yapon o`qituvchilariga alohida bayram kerak?

Ushbu voqeani so`zlar ekanman, men butun qalbim bilan bizning jamiyatimiz ham ustozlarga yuksak darajada munosabatda va o`qituvchilar ham bunday yuqori martabaga munosib bo`ladigan darajaga erishishini istar edim...

RustamBisenev

To Top ↑
To Top ↑