x

Ta'lim kreditini ajratish tartibi 

Ta'lim kreditlari ta'lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida to`lov-kontrakt asosida o`qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o`qishini ko`chirgan O`zbekiston fuqarosi bo`lgan talabalarga beriladi.

 Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o`qish muddati tugagandan so`ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta'lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo`ladi:

ariza;

to`lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo`lganda). Shartnomada o`qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to`lov miqdori ko`rsatilgan bo`lishi lozim;

ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo`yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo`yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

 bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida ko`rib chiqiladi. 

Ta'lim krediti shartnomasi to`lov-kontrakt shartnomasida ko`rsatilgan bir yillik to`lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta'lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

 Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo`yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta'lim krediti bo`yicha foiz stavkasi o`zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
tijorat banklari tomonidan Jamg`arma mablag`laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta'lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to`lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilmaydi.

To Top ↑
To Top ↑